РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2019 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar statistikasi

    Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2019 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar sta…

    Batafsil...
  • «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    Batafsil...
  • Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Batafsil...
  • Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni muhokamasiga bag'ishlangan amaliy seminar

    Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni…

    Batafsil...
  • Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yi

    Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dep…

    Batafsil...
  • YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    Batafsil...
  • Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolat

    Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni…

    Batafsil...
  • ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    Batafsil...
  • Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • XABARNOMA

    XABARNOMA

    Batafsil...
  • Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo’yicha tanlo’v

    Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy t…

    Batafsil...
  • АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    Batafsil...
  • OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    Batafsil...
  • "Ochiq budjet": aholi takliflarining amalga oshirilishi

    Batafsil...

Viloyat markazlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahri hamda investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan hududlarda suv taʼminoti xizmati tariflari darajalari toʻgʻrisida maʼlumot (ko'chirib olish PDF 0.26MB)

Viloyat markazlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahri hamda investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan hududlarda oqova suv (kanalizatsiya) xizmati tariflari darajalari toʻgʻrisida maʼlumot (ko'chirib olish PDF 0.26MB)

Viloyat markazlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti xizmati tariflari darajalari toʻgʻrisida maʼlumot (ko'chirib olish PDF 0.26MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017 yil 4 iyuldagi 94, 2017-34-son “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qarori davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. (roʻyxat raqami 2854-1, 2017 yil 11 iyul) (QHT 2017 y., 28-son, 669-modda).

Axborot texnologiyalari jamiyatning kundalik hayotiga mustahkam kirib bordi. Axborot texnologiyalarni faol rivojlantirish nafaqat yangi asbob-uskunani ishlab chiqish, balki bundan koʻra takomillashtirilgan, funktsional va foydalanishda qulay dasturiy taʼminotni yaratish bilan bogʻliq.

Shu bilan birga, bugungi kunda biz kuzatayotgan rivojlanishning axborot tendentsiyalari koʻp sonli yangi texnologiyalarni yaratishga tayanadi. Ularning aksariyati ochiq platformalar va standartlarga asoslangan. Internetdan foydalanadigan Google, Facebook, Amazon, Ebay tizimlarida qoʻllaniladigan saytlar va texnologiyalar aksariyati ochiq texnologiyalar asosida tuzilgan. Ayni damda zamonaviy ochiq texnologiyalar maʼlumotlar bazalarini boshqarish bozorida, shuningdek foydalanuvchi darajasidagi qarorlarda propretar tijorat tizimlaridan bozorni faol tortib olmoqda.

2017 yilning 19-21 iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Federal Gʻaznachilik boshligʻi oʻrinbosari S.E. Prokofьev boshchiligida Federal Gʻaznachilik (Rossiya Federatsiyasi) delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Rossiya deleatsiyasining tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yilning aprelida Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida Moskva shaxrida imzolangan Rossiya Federal Gʻaznachiligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrtasida texnik hamkorlik Memorandumi doirasida tashkil etildi. 

1. Byudjet tashkilotlarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari toʻgʻrisida

Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2017 yilning 1-yarim yilligida ish reja va huquq tartibot organlarining topshiriqlariga asosan 6 623 ta nazorat tadbirlari oʻtkazilgan va uning 5 978 tasida 48 150,7 mln.soʻm miqdorida kamomad, oʻzlashtirish va noqonuniy xarajatlar aniqlangan. 
Aniqlangan kamomad, oʻzlashtirish va noqonuniy xarajatlardan 
39 099,9 mln.soʻmi undirilib, 2 068 ta materiallar 35 701,8 mln.soʻmlik zarar bilan qonunda belgilangan tartibda chora koʻrish uchun huquq tartibot organlariga yuborildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Qarori 2017-2021 yillar mobaynida Toshkent shahrida elektrlashtirilgan tezyurar ikkiyoʻlli aylanma temir yoʻlini bosqichma-bosqich qurishni koʻzda tutadi.

Auditor malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 3 iyuldagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 27-28 iyul kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 27 iyul, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

F.I.Sh.

F.I.Sh.

1. Nasirova Lola 23. Gulbayev Mamat
2. Odilov Shoxrux 24. Shakarov Kilich
3. Ibragimov Azimxuja 25. Bekimbetov Zaripbay
4. Suyarkulov Nozim 26. Kosbergenov Batirbek
5. Xasanova Dilfuza 27. Shergoziyev Sarvar
6. Abdukodirov Otabek 28. Xujabekov Nizomiddin
7. Saliyev Ilxomjon 29. Kim Natalya
8. Bekerova Olesya 30. Ergasheva Gulandon
9. Tuxtaxujayev Saidkamal 31. Abdullayev Baxodir
10. Li Aleksandr 32. Tsoy Svetlana
11. Askarov Baxodir 33. Abdullayev Oybek
12. Mamatov Sherzod 34. Ummatov Vaxid
13. Kovaleva Marina 35. Saliyev Sirojiddin
14. Tolmacheva Aleksandra 36. Alavxonov Solexon
15. Son Yevgeniya  37. Muzaffarov Alisher
16. Turgunboyev Abdulvafo 38. Ruzimov Mansurbek
17. Nurtayev Asror 39. Pulatov Murod
18. Fisher Mariya     40. Dadajonov Rustamali
19. Nurmatov Atabek 41. Gofurjonov Sherzodbek
20. Nurimov Orif 42. Altibayev Kaxramon
21. Platonova Larisa 43. Paxomova Olga
22. Moskalenko Alla 44. Kushakov Asrorjon
    45. Karimov Feruz

 

 

Mamlakat hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan sugʻurta faoliyatini tartibga solish siyosati sugʻurta bozorini izchil rivojlantirish uchun barcha zarur shartgʻsharoitlarni yaratib, uning taraqqiy etishida yaratuvchanlik jarayonlarining yuqori darajasini taʼminlamoqda.  

Sugʻurta sohasida davlat siyosatining maqsadi sugʻurta hodisalari sodir boʻlganda fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning mulkiy manfaatlarini samarali himoya qilish imkoniga ega sugʻurta tizimini shakllantirishdir. 

Sugʻurta sohasida davlat siyosatining vazifasi sugʻurta faoliyatining qonunchilik asoslarini, uni nazorat qilish shakllari va uslublarini  shakllantirish va takomillashtirish hisoblanadi.

2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspektsiyasi tomonidan sugʻurta faoliyatiga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish va sugʻurta bozorini rivojlantirish boʻyicha ishlar davom ettirildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-sonli qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Concrete

2017 yilning 6 iyun kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Botir Asadillayevich Xoʻjayev rahbarligidagi moliya vazirligi jamoasi, moliya tizimi pensioneri Vil Saveleich Beganovni tavallud kunining 80 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

Uning umumiy mehnat faolitining 35 yildan ziyod qismi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi bilan bogʻliq  boʻlgan.

Moliya vazirligi markaziy apparatidagi 1961 yildan 1997 yilllar davomidagi mehnat faoliyati davrida, u oddiy nazoratchi-taftishchi lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan davrda Vil Savelevich Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq Qoʻmitasi raisi soʻngra Rais oʻrinbosari lavozimlarida samarali mehnat qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi №PQ-1958 sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, 2017 yil 1 iyun holatiga Jamgʻarmani boshqarish departamenti tomonidan meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga tizimli va kompleks yondoshishni taʼminlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2017 yilga rejalashtirilgan meliorativ tadbirlarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasini 2017 yil davlat byudjeti va asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida”gi №PQ-2699 sonli qaroriga asosan jami 455,0 mlrd. soʻm, shundan 203,0 mlrd. soʻm qurilish va rekonstruktsiya obʼektlarida, 209,0 mlrd.soʻm taʼmirlash-tiklash obʼektlarida ishlarini bajarishga, 37,0 mlrd. soʻm melioratsiya va suv xoʻjaligi ishlariga ixtisoslashtirilgan pudrat va ekspluatatsiya korxonalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadlariga, 2,0 mlrd. soʻm tomchilatib sugʻorish ishlarini joriy etish ishlariga  va 4,0 mlrd.soʻm buyurtmachining boshqa harajatlari uchun ajratilgan.

2017 yilga belgilangan tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida respublika boʻyicha 270,5 ming gektardan ziyodroq maydonning meliorativ holati yaxshilanishi kutilmoqda.

Meliorativ tadbirlarning sifatini nazorat qilish va taʼminlash maqsadida buyurtmachi va loyihachi tashkilotlar, nazorat organlari hamda ekspluatatsion tashkilotlarlardan tashqari meliorativ ishlarni bajarish va qabul qilishda suv isteʼmolchilar uyushmasi xodimlari va fermer xoʻjaliklari jalb etilgan.  

Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun 2017 yilning 17 iyunida oʻtkaziladigan imtihonda qatnashishga ruhsat berilgan daʼvogarlar roʻyxati:

F.I.Sh.
1. Abdullayev Mirolimjon Maxmudjanovich    
2. Agjigitov Shamsutdin Sangilovich 
3. Aliyev Sherzod Abdixomidovich 
4. Artukmetov Bobir Ziyamitdinovich   
5. Askarov Zafarbek Davutovich   
6. Bolikulov Toir Urokboyevich 
7. Bozorov Eshbobo Abrayevich                   
8. Vaxidov Sirojiddin Anvarovich        
9. Dadaxanov Ulugbek Maxamadjonovich  
10. Davlatov Muxtorjon Farxodovich   
11. Djabbarov Jabbargan Farxadovich     
12. Doschanova Nadira Palvanovna  
13. Ishankulov Izzatilla Nurillayevich     
14. Kasimov Xayrulla Alimovich                   
15. Saidova Dilorom Baxtiyarovna                 
16. Mamasidikov Baxodir Botirovich            
17. Matyakubov Toxir Matyakubovich     
18. Normirzayev Baxtiyer Maxmudjonovich     
19. Muxamedsaidov Muzaffar Mamurjanovich  
20. Toshxujayeva Azizaxon Akbarxuja kizi    
21. Tursunov Obidjon Gulomjonovich  
22. Fayziyev Sodikjon Sayfiyevich 
23. Xojiboyev Shokir Xasanovich      
24. Egamberdiyev Ismoil Samiyevich   

 
 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 31.03.2017 yildagi 1-LF-sonli buyrugʻiga asosan “Bobur” nomli xalqaro jamoat fondiga lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun 27.04.2017 yilda  000047-sonli litsenziya berildi. 

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tomonidan hajmi 20,0 mlrd.soʻmlik, shundan yutuq fondi 9,9 mlrd.soʻm (50%) boʻlgan “Baxt qushi” lahzali pul-buyum xayriya lotereyasi chiqariladi. 

“Baxt qushi” lahzali pul-buyum xayriya lotereyasida “Lassetti”, “Neksiya-3”, “Spark”, “Matiz” markadagi avtomobillar, “Artel Led” televizorlari, “Artel” mobil telefonlari, shuningdek, 10,0 mln., 5,0 mln. soʻmlik va boshqa pul yutuqlari oʻynaladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining 2017 yil 1 kvartal xarajatlari ijrosi to‘g‘risida MA‘LUMOT

Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini  olishga daʼvogarlar diqqatiga!

2017 yil 17 iyun kuni soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni tashkil etish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kursida belgilangan tartibda oʻqigan shaxslar Moliya vazirligiga malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida ariza bilan joriy yilning 7 iyuniga qadar tegishli hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Malaka imtihoniga Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (2007 yil 17 dekabrdagi roʻyxat raq. 1749) talablariga asosan hujjat taqdim etgan daʼvogarlar qoʻyiladi.

2017 yilning 25 may kuni Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosi Majlislar zalida “Moliya vazirligi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi bilan oʻzaro hamkorlikni samarali tashkil etish” mavzusida videokonferentsiya boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Moliya boshqarmalari hamda boʻlinmalarida tayinlangan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish inspektorlari uchun tashkil etildi. Shuni taʼkidlash joizki, jismoniy va yuridik shaxslar murajaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish va nazorat qilish inspektori lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi 2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq tasdiqlandi.

Mazkur videokonferentsiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, “UZINFOCOM” kompьyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminardan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini soʻzsiz bajarish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari, tuman va shahar moliya boʻlimlarining (tumanlarga boʻysunuvchi shaharlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi bilan oʻzaro hamkorligini samarali tashkil etishdan iborat.

Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar murajaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish va nazorat qilish inspektori lavozimlari viloyat va tuman darajasida malakali, kerakli amaliy tajribaga ega boʻlgan va belgilangan talablarga mos keladigan salohiyatli kadrlar bilan toʻliq taʼminlangan.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 16 maydagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 8-9 iyun kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 8 iyun, soat 10:00da) Buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasida qo'yidagi manzilda o'tkazildai: Toshkent shahri, Bodomzor yo'li ko'chasi, 1a-uy. 

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

1. Prokudina Kristina 21. Anvarov Mirzailxom
2. Mengliyev Yusup 22. Nazirov Abdusalom
3. Yusupova Zamira 23. Gaybulloyev Muxidillo
4. Niyozov Muxamadali 24. Ikromov Mirzoxid
5. Xalkulov Zulfikar 25. Shakarov Kilich
6. Yaxyayev Xabibullo 26. Uzakov Axmat
7. Bozorov Dilshod 27. Zinnurov Mansurjan
8. Kadirova Zulxumor 28. Xolmatov Zakir
9. Nazarov Baxrambay 29. Madraximov Lazizbek
10. Ergasheva Zebo 30. Turabayev Yokubjon
11. Isxakova Liliya 31. Turakulov Xabibullo
12. Kasparova Larisa 32, Xasanov Voxidjon
13. Abduraxmanov Nurmaxan 33. Maxmudova Gulnara
14. Majidov Nuridin 34. Turabbayev Babirjan
15. Maxametov Bagdat 35. Isakov Mirzamurod
16. Karimov Jamshid 36. Deputat Liliya
17. Daminov Oleg 37. Shabanov Anatoliy
18. Kim Viktor    
19. Nurmatov Avazbek    
20. Botirov Maxammad    


 

2017 yil 3 may kuni Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazida Moliya vazirligi xodimlariga: “Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligi sohasida ijtimoiy injeneriya usullari va ularga qarshi harakatlar” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Seminar davomida ijtimoiy injeneriya usullari muhokama qilindi: notexnikaviy usullar bilan konfidensial maʼlumotlarga ega bo'lishning turli xil usullari (fishing, kvi-pro-kvo, yelka serfingi, teskari ijtimoiy injeneriya, hamda ochiq manbalardan ma'lumotlar yig'ish, jumladan ijtimoiy tarmoqlardan), hamda shu tahdidlarga qarshi choralar ham ko'rib chiqildi.    

Moliya vazirligi xodimlari bilan axborot xavfsizligi bo'yicha, xorijiy ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, kirib keluvchi telefon va pochta xabarlarini e'tiborli tarzda ko'rib chiqib, tasdiqlangan ko'rsatmalar va axborot xavfsizligi qoidalari bilan bog'liq talablarga rioya qilish, bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilishi muhimligi ta'kidlab o'tildi.

Moliya vazirligi
Axborot hisoblash markazi

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda aholini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Respublika ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirishga oid muhim ustuvor yoʻnalishlar, dasturlar va loyihalarning hayotga izchil tatbiq etilishi shahar va tumanlarda, jumladan qishloq joylarda markazlashtirilgan suv taʼminoti va kanalizatsi xizmatlarini sezilarli ravishda yaxshilash imkonini berdi.

Faqat 2011-2016 yillarda mamlakatimizda uzunligi qariyb 13,0 ming. km yirik suv quvurlari va tarmoqlari, inshootlarda 1,6 mingdan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek 1,4 ming suv minora va rezervuarlar qurildi hamda rekonstruktsiya qilindi.

Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banklari kabi xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablagʻlarini jalb etish hisobidan ichimlik suvdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan koʻplab aholi punktlari bugungi kunda sifatli ichimlik suv taʼminoti bilan qamrab olindi.

Shu bilan birga, bugungi kunda Respublikamizning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarining ayrim chekka hududlarida ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq bir qator yechilmagan muammolar mavjud.

Shahar va qishloq aholi punktlarida istiqomat qiluvchi aholining demografik oʻsishi, yuzlab yangi turar joy dahalari, aholi punktlari barpo etilayotgani va shaharlarning kengayayotgani suv taʼminoti tizimini tubdan yaxshilash borasida suv chiqarish va kanalizatsiya-tozalash inshootlari, suv oʻtkazgichlar, nasos stantsiyalari, taqsimlash uzellari, suv va kanalizatsiya tarmoqlarini energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.

2017 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi va Byudjet mablagʻlari hisobidan, 2017/2018 oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlimi muassasalariga 1, 4, 6, 7-sinflar uchun oʻzbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirgʻiz, tojik tillarida jami 34 939,1 ming nusxa darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalarni chop etishga 81 223,3 mln.soʻm rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi tomonidan umumtaʼlim maktablarining kutubxona fondiga 28 nomdagi 1,2 mln. nusxada lotin grafikasi  asosida yaratilgan oʻzbek va chet el yozuvchilarining badiiy adabiyotlari, entsiklopediyalar va oʻrganish kitoblari bilan toʻldirish bilan taʼminlash va yetkazib berishga 8,6 mlrd.soʻm Byudjet va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 41% moliyalashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.04.2017y. 119-sonli “Dehqon xoʻjaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorini tegishli bandlarini bajarish yuzasidan Sugʻurta nazorati davlat inspektsiyasi tomonidan Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi va respublikadagi sugʻurta kompaniyalari bilan birgalikda joriy yilning 14 martida moliya vazirligida yigʻilish oʻtkazilib tegishli bayon tasdiqlandi.

Unga koʻra yuqorida koʻrsatilgan qarorning talabidan kelib chiqib, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarning qaytmaslik xavfini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta sherikchiligi aʼzolari aniqlandi va ishtirokchilarning birinchi rahbarlaridan 9 kishidan iborat kushatuv kengashi tashkil qilinib uning raxbari va raxbar oʻrinbosari tayinlandi.

Shuning bilan birga, sugʻurta sherikchilik aʼzolari va ishchi organ oʻrtalarida tegishli shartnomalar tuzilib, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarning qaytmaslik xavfini sugʻurtalash boʻyicha namunaviy shartnoma tasdiqlandi.

Hozirgi kunga qadar dexqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan  parranda boqish, limon yetishtirishga moʻljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirish yuzasidan namunali tumanlarda 10 mlrd.soʻmga yaqin sugʻurta xizmatlari koʻrsatildi (maʼlumot ilova qilinadi PDF MB). 
 

Toshkentga yangi ikkita “Afrosiyob” elektropoyezdlari olib kelindi va ular Toshkent-Buxoro-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovni amalga oshiradilar. Bugungi kungacha ushbu yoʻnalish boʻyicha “Afrosiyob” elektropoyezdining ikkita tarkibi xizmat koʻrsatar edi. 

Respublikaga olib kelinayotgan jami 38,0 mln. yevro qiymatidagi ikkita tezyurar yoʻlovchi Talgo-250 (Ispaniya) poyezdlarining moliyalashtirish manbalari qilib quyidagilar belgilangan: 50 % - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari, 50 % - Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti, Oʻzbekiston TIA Milliy banki orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat kafolati ostida moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.

Keltirilgan yangi tarkiblar oldingi tarkiblardan bir oz farq qiladi, ularda oʻtirish joylari koʻpaygan boʻlib, endi elektropoyezdlar bitta reysda 287 ta yoʻlovchilarni tashish imkoniyatiga ega boʻladi.
 


 
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hayʼatida 
oʻtkazilgan yigʻilish toʻgʻrisida

2017     yilning 21 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish samaradorligini tanqidiy koʻrib chiqish va hududiy boʻlinmalar tomonidan ijro intizomini tizimli tashkil qilinishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hayʼatining 2017 yilning I choragi yakunlariga bagʻishlgangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Maxkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar raxbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan belgilab berilgan maqsad va vazifalarni  Moliya vazirligi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalar tomonidan toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha barcha darajadagi mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish va ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Koʻrsatkichlar

Soni, kishi

1. Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami

38

                          shulardan kelmaganlar

7

2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

18

3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar

13


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maʼlum qiladi:

1.     Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Bir nafar tarbiyalanuvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 6 martdagi 22 va 7-sonli qoʻshma qarori tasdiqlandi (ko'chirib olish PDF 0.55MB);

2.    Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Bir nafar oʻquvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda umumtaʼlim maktablarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 6 martdagi 23 va 8-sonli qoʻshma qarori tasdiqlandi (ko'chirib olish PDF 0.5MB).

Mazkur Nizomlarga asosan 2017 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tassarrufida boʻlgan umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi belgilandi.

Koʻrsatkichlar

Alkogolli mahsulotlar uchun

Tamaki mahsulotlari uchun

  1.  

Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aktsiz markalarining joriy etilishi

2017 yil 1 apreldan boshlab

2017yil 1 apreldan boshlab

  1.  

Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eski namunadagi aktsiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining sotilishi

2017 yil 1 avgustga qadar

2017yil 1 avgustga qadar

  1.  

Eski namunadagi aktsiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi

2017 yil 1 avgustga qadar

2017yil 1 avgustga qadar

  1.  

Savdo korxonalari tomonidan eski namunadagi aktsiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining sotilishi

2018 yil 1 yanvarga qadar

2018 yil 1 yanvarga qadar

  1.  

Eski namunadagi aktsiz markalari nominal qiymati

25 soʻm 60 tiyin

9 soʻm 30 tiyin

  1.  

Yangi namunadagi aktsiz markalari nominal qiymati

30 soʻm 50 tiyin

11 soʻm 50 tiyin

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga  muvofiq 2018 yil uchun moʻljallangan soliq va byudjet siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon qiladi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirigi  - manfaatdor vazirlik va idoralar, davlat ilmiy izlanish va nodavlat tashkilotlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolarni 2018 yil uchun ishlab chiqilayotgan soliq-byudjet siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonda fikr mulohazalari va takliflari bilan faol qatnashishlarini soʻraydi.

Soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar quyidagi yoʻnalishlarda:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar strategiyasida belgilab berilgan maqsadlarga erishish va ustuvor vazifalarni bajarish;
  • iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish evaziga davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish, shaxsiy mulkning rolini oshirish va tadbirkorlar ishonchli himoyasini taʼminlash, makroiqtisodiy muvozanatni va iqtisodiy barqaror oʻsish suraʼtlarini taʼminlash;
  • davlat qarzining asossiz ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, aholi daromadlarining oʻsishi va turmush darajasi oshishini taʼminlash;
  • Byudjetlar-aro munosabatlarni takomillashtirish, hududlar daromadlari bazasini oshirish, mahalliy byudjetlar xarajatlarini optimallashtirish va subvensiya oluvchi hududlar sonini kamaytirish;
  • Byudjet va soliq siyosatining boshqa yoʻnalishlari.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2018 yil uchun ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan soliq-byudjet konsepsiyasiga tashabbuskor manfaatdor vazirlik va idoralar, davlat ilmiy izlanish va nodavlat tashkilotlar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolar yuborayotgan takliflarida byudjetlashtirishning yangi va ilgʻor yoʻnalishlarini, hamada amaldagi soliq tizimini chuqur tahliliga koʻra ishlab chiqilgan takliflarni kiritishingiz soʻraladi.     

Barcha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markaziga yuborishingiz soʻraladi. 

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani Istiqlol-29 uy - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (4-qavat).
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 
Aloqa uchun masʼul shaxs: Atabayeva Sevara Baxtiyarovna 239-12-81; 239-19-18.
 


Tashqi savdo faoliyatini xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan bojxona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida yuqori sifatli tayyor mahsulotni mamlakatimizda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 martdagi PQ-2862-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (13-2-sonli ilova) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan keltiriladigan aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aktsiz soligʻi stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Ushbu oʻzgartirishlar chetdan olib kelinadigan ayrim turdagi aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarning stavkalari pasaytirishni, shuningdek ayrim aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni chiqarib tashlashni nazarda tutadi.

Shu bilan birga shuni taʼkidlash joizki, yuqorida aytib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan ushbu qarorning meʼyorlari 2017 yilning 1 aprelidan  boshlab kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, import bojxona bojlarining stavkalari esa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 5 avgustdagi PQ-1169-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan.

Oʻzgarishlar boʻyicha solishtirma jadval rus tilida (ko'chirib olish PDF 0.3MB) beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2017 yil I choragi davomida oʻtkazilgan muzokaralar toʻgʻrisida maʼlumot 
(2017 yil 6-aprel sanasiga)

Muzokaralar maqsadi

Muzokaralar soni

- Moliya vazirligi rahbariyatining halqaro moliyaviy institutlari (HMI), xorijiy mamlakatlar hukumatlari, xorijiy banklar va kompaniyalari vakillari bilan uzoq muddatli moliyaviy iqtisodiy hamkorlik, hamkorlikning yangi istiqbolli sohalarini muhokama etish, shuningdek, ayrim strategik jihatdan muhim investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan rasmiy uchrashuvlari;

25

 - HMI va donor mamlakatlari missiyalari va vakillari bilan yangi loyihalarni tayyorlash va joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ishchi uchrashuvlar;

 - boshqa joriy masalalar yuzasidan uchrashuv va muzokaralar.

Respublika dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish yoʻli bilan meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, zamonaviy savdo-bozor infratuzilmasini shakllantirish, aholining har xil turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruktsiyaqilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualariqurish Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-2853-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan:

- bozorlarga isteʼmolchilar ehtiyoji mavjudligini va dehqon bozorlari hududidagi savdo rastalari va turgʻun savdo shoxobchalari yuklamasini hisobga olgan holda respublika boʻyicha 59 ta dehqon bozorlari sonini va ularning egallab turgan maydonlarini optimallashtirish;

Keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning har biri toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, ular uchun shahar yoʻlovchi tashish transportidan foydalanishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 martdagi 128-sonli “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan pensionerlarni Toshkent metropolitenida 2017 yil 15 martdan boshlab soat 10:00 dan 16:00 gacha bepul tashish, buning natijasida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan olinmay qoladigan daromadlarni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash mexanizmi joriy qilindi. 

Shu bilan birga, yuqoridagi qarorga asosan, Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

2017 yilning 11 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini yanada rivojlantirish choralari toʻgʻrisida"gi 129 sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 2017-2019 yillar poytaxt Toshkentda jamoat transporti tizimida qilinishi lozim boʻlgan ishlar istiqboli belgilab berilgan.

Unda, xususan, Toshkent shaxrida jamoat transporti faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, qatnovlar xavfsizligini yanada oshirish, yoʻlovchilarga yuqori madaniyatli xizmat koʻrsatish, "Toshshahartransxizmat"AJ tarkibidagi avtokorxonalarning moliyaviy ahvoli va infrastrukturasini tubdan yangilash yoʻlida qilinadigan vazifalar koʻrsatib oʻtilgan.

Xususan, qarorda Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shahar aholisining transportga boʻlgan ehtiyojini chuqur oʻrganib, toʻliq qondirish, avtosaroylarni yangi, zamonaviy avtobuslar bilan bos¬qichma-bosqich taʼminlab borish, metropolitenning yangi bekatlari qurib bitkazilishi, shaharda olib borilayotgan yangi koʻpriklar qurilishlari inobatga olinib yangi bekat va yoʻnalishlar ochish nazarda tutilgan.

2017 yil 3 aprel holatiga davlat tomonidan tartibga solinadigan narx (tarif)lar toʻgʻrisida maʼlumot (ko'chirib olish PDF 0.22MB)

Auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning 2017 yilning 1 aprel holatiga (ko'chirib olish PDF 0.5MB)

2017 yilning 1 aprel holatiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari Reyestri  (ko'chirib olish PDF 0.5MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oracle dasturiy taʼminoti uchun texnik yordam koʻrsatish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Takliflarni topshirish mudddati: 15 aprel 2017 yil 18:00gacha.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5. tel: 239-15-31.

Auditor malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 27 martdagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 14-15 aprel kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 14 aprel, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

1. Temirbekova Malika 20. Nazirov Abdusalom
2. Daminov Oleg 21. Abdullayev Yunusxon
3. Mamatov Sherzod 22. Abduraxmanov Nurmaxan 
4. Grishkina Irina 23. Xamraliyev Botirali
5. Sofina Irina 24. Sulaymonov Zafarali
6. Saliyeva Muniraxon 25. Odilov Shoxrux
7. Lim Tixon 26. Tsoy Lyudmila
8. Li Aleksandr 27. Xaknazarov Bengnazar
9. Gaybulloyev Muxidillo 28. Shabanov Anatoliy
10. Shayxiislamova Zulfiya 29. Lesnikova Anna
11. Asfandiyarov Ravshan 30. Muzaffarov Alisher
12. Urinbayev Ikromjon 31. Tsoy Svetlana
13. Nasirova Lola 32. Shakarov Kilich
14. Gaynulina Galiya 33. Shaymatov Nuriddin
15. Ibragimov Baxtiyar 34. Uzakov Axmat
16. Ergashev Azizbek 35. Nurimov Orif
17. Ikromov Mirzoxid 36. Nuriddinova Shaxnoza
18. Kim Svetlana 37. Karimov Farxat
19. Ismailov Naufal 38. Anvarov Mirzailxom

“Ishonch telefoni” 24 soat davomida ishlab turishi va fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni uzluksiz qabul qilish uchun, ishdan tashqari vaqtlarda kelayotgan shikoyatlarni avtomatik tarzda yozib olish va saqlash sistemasi ishga tushurildi (TP-Link rusumli modem drayver komponentlari qoʻyildi hamda kompyuterga Ventafax 5.0 dasturi oʻrnatilib avtootvetchik funktsiyasiga ulandi).

Gʻaznachilik, Pensiya, ish haqi toʻlovi masalalari hamda tender va tanlov savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi yuzasidan 2017 yilning 20-mart kuniga qadar bosh boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga fuqarolardan 288 ta murojaatlar kelib tushdi.

24.03.2017 yil holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokkerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri (ko'chirib olish PDF 0.3MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrugʻiga muvofiq “Agros Hayot” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasiga hayotni sugʻurta qilish tarmogʻida I, II, III, IV klasslar boʻyicha va umumiy sugʻurta tarmogʻida 1 va 2 klasslar boʻyicha ixtiyoriy va majburiy sugʻurtani amalga oshirish uchun 2017 yil 18 martdagi SF 00219 - sonli litsenziya berildi. 

2017 yil 10 mart holatiga malaka sertifikatiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari ro‘yxati (ko'chirib olish PDF 0.24MB)

Koʻrsatkichlar Soni, kishi
1. Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar,  jami 40
shulardan kelmaganlar 8
2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 18
3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar 14

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №PQ-1958 hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining  2017 yil uchun investitsiya dasturi toʻgʻrisida” gi PQ-2697-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, 2017 yilda Jamgʻarmani boshqarish departamenti tomonidan quyidagi tadbirlarni, jumladan:

- 735,0 km ochiq va 349 km yopiq kollektor-drenaj tarmoqlarida, 6 dona meliorativ nasos stantsiyasi va 79 dona tik drenaj quduqlarida, 131 dona gidrotexnik inshoot va 2,7 km inspektorlik yulida hamda 30,0 km uzunlikda lotok tarmoqlarida qurish va rekonstruktsiya qilish tadbirlari uchun 203,0 mlrd.soʻm;

Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 14 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida kadrlar bilan ishlashning butun tizimini takomillashtirishga doir belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish boʻyicha kasbiy mahoratlarini va amaliy koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida 2017 yil 24-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 12-sonli, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2-q/q sonli,  Xalq taʼlimi vazirligining 1-sonli,  Sogʻliqni saqlash vazirligining 1-sonli  va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 5-sonli  qarori qabul qilindi.

AUDITORLIK FAOLIYATINING SUBʼEKTLARI 

1.    Auditorlik tashkilotlari va auditorlar soni (auditorlik tashkilotlari va auditorlar reyestrining maʼlumotlari boʻyicha)

  2014*     2015* 2016*
   auditorlik tashkilotlari 104 103   101
   auditorlar 674  624 616

* ushbu va keyingi jadvallardagi maʼlumotlar tegishli yilning 31 dekabr holatiga  koʻrsatilgan 

O‘zbekiston Respublikasida auditorlik xizmatlari bozorining 2016 yilgi asosiy ko‘rsatkichlari to'g'risida to'liq ma'lumoti usbu havolada ko'rishi mumkin, ko'chirib olish: PDF 0.8MB

2017 yil 21 fevral kuni Navoiy shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi  bilan hamkorlikda monopol korxona va tabiiy monopoliya subʼektlari uchun narxlarni shakllantirish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Ushbu seminarda Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati korxonasining maxsuloti tannarxini shakllantirish, 2017 yilda monopoliyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunlardagi oʻzgarishlar, shuningdek, korxonalarning moliyaviy koʻrsatkichlarini tahlil qilishning samaradorligi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 20 fevradagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 10-11 mart kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 10 mart, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:
 

1. Muydinov Giyosidin 21. Nazirov Raxmon
2. Mamajonov Azamatjon 22. Burxanov Axmadjon
3. Li Yuliya 23. Fayziyev Tairjan
4. Saidov Sanjarbek 24. Nasretdinova Nasiba
5. Pak Andrey 25. Mamatxonov Muxitdin
6. Xojiakbarov Sattor 26. Odilov Shoxrux
7. Yaxyayev Xabibullo 27. Ergasheva Zebo
8. Zinnurov Mansurjan 28. Madraximov Lazizbek
9. Azamaliyev Dilyorjon 29. Nasirova Lola
10. Nazirov Abdusalom 30. Prokudin Yevgeniy
11. Abdullayev Yunusxon 31. Xoshimov Shuxrat
12. Abduraxmanov Nurmaxan  32. Rustamov Tolib
13 Mamatov Xudashukur 33. Gaynulina Galiya
14. Baratov Obid 34. Fedchenko Natalya
15. Toxtiyarov Akram 35. Xaydarov Lochinbek
16. Abduraxmanova Mastura 36. Xamraliyev Botirali
17. Nurmetov Jumaboy 37. Sulaymonov Zafarali
18. Akbarova Rabiya 38. Kadirova Zulxumor
19. Xolmatov Baxodir 39. Turabbayev Babirjan
20. Mirzamaxmudov Malik 40. Indina Yevgeniya

 

Bugungi kunda yurtimizda 77 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyat yurityapti, ularda 260 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. Har yili mazkur oliy oʻquv yurtlariga 60 mingga yaqin bakalavr va 5 ming atrofida magistr qabul qilinadi. Davlatimiz tomonidan talabalarni ijtimoiy va iqtisodiy tomondan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga har oyda stipendiya toʻlab borish tizimi joriy etilgan boʻlib, uni hisob-kitob qilish bilan bogʻliq jarayonlarni avtomatlashtirish shu vaqtgacha dolzarb boʻlib kelayotgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan “UzASBO” dasturiy majmuasida 2017 yildan boshlab stipendiya bilan bogʻliq hisob-kitob ishlari ham toʻliq avtomatlashtirildi. Bunda Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1339, 2004 yil 16 aprel), Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asos boʻlib xizmat qildi. 

O'zbekiston Respublikasi hukumati va Jahon Banki o’rtasida “Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’llarini rivojlantirish” loyihasi bo’yicha moliyaviy kelishuv imzolangan. Loyiha doirasida mablag'larning bir qismi qurilish ishlari, tovarlar va konsalting xizmatlari to'lovi uchun yo'naltiriladi.

Loyihani O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika yo’l jamg’armasi huzuridagi Loyihani Amalga Oshirish Guruhi (LAOG) ijrochi agentligi boshqaradi. Ushbu loyihani muvofaqiyatli amalga oshirish uchun LAOG tajribali mutaxassislardan tashkil topishi lozim.

“Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun Ko’prik va sun’iy inshoatlar bo’yicha muhandis – ishga taklif qilinadi.

Ko’prik va sun’iy inshoatlar bo’yicha muhandis faoliyatining asosiy maqsadi – texnik hisobotlarni tahlil qilish, ma’lumotlar tayyorlash, ishchi hujjatlarni va loyiha doirasida bajariladigan ishlarni Jahon banki qoidalariga va milliy  qonunchilikka muvofiq nazorat qilish.

Qiziqish bildirgan mutaxassislar - yuqorida talab etilayotgan mutaxassislik bo’yicha faoliyat olib borish uchun yetarli darajada ma’lumotga va tajribaga ega bo’lishi lozim.

2017 yil 27 yanvar kuni Oʻzbekiston lizing beruvchilar uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorligida lizing bozori rivojlanishining 2016 yil yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishi tashkil etildi. 

Yigʻilishda qayd etildiki, bugungi kun holatiga lizing xizmatlari bozorida jami 126 ta lizingberuvchilar shugʻullanib kelmoqda, shulardan 24 ta banklar boʻlib hisoblanadi. Hisobot davrida lizing operatsiyalarining umumiy portfeli hajmi 2,59 trln. soʻmni tashkil qildi va ushbu koʻrsatgich oʻtgan davrga nisbatan 5,5 ga oshdi. Oʻtgan 2016 yil davomida qariyb 5 540 ta lizing shartnomalari tuzildi, ularning hajmi 973,1 mlrd. soʻmdan yuqoridir. Lizing asosida beriladigan obʼektlar orasida qishloq xoʻjaligi texnikalari hissasi yuqori boʻlib, jami lizing shartnomalari tizimida ularning hajmi 32,5% ni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining 2016 yildagi xarajatlari ijrosi to‘g‘risida MA‘LUMOT (ko'chirib olish PDF 0.3MB)

O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining bo‘yicha 2016 yil yakunlari bo'yicha ma'lumot (ko'chirib olish PDF 0.01MB)

O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining 2016 yil yakunlari bo'yicha sug‘urta kompaniyalar kesimdagi ma‘lumot (ko'chirib olish PDF  0.2MB)

2016 yil yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi viloyatlari kesimidagi sug'urta mukofotlari yig'imi (ko'chirib olish PDF 0.09MB)

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo'yicha amaldagi shartnomalarning 2016 yil yakunlari bo'yicha ma'lumot (2009 yil 18 oktyabrdan kiritilgan) (ko'chirib olish PDF 0.2MB)

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirlgi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg'armasining 2016 yil daromad va xarajatlari ijrosi bo'yicha MA'LUMOT (ko'chirib olish PDF 0.36MB)

Koʻrsatkichlar Soni,
kishi 
1. Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami     43
shulardan kelmaganlar 5
2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar      27
3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar  11

2017 yilning 23-27 yanvar kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining  “Billur” zalida boʻlib oʻtadigan media-haftalik doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan  “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini  rivojlantirishning  beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik muhokamasi tashkil etiladi.

Kayd etish kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan dolzarb va respublika aholisini oʻylantirayotgan masalalarni kompleks ravishda tahlil qilish keng jamoatchilik qatlami, ekspertlarning sharhi,  fikr-mulohaza va takliflarini oʻrganish maqsadida hujjat loyihasini umumxalq muhokamasiga kiritish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Media-haftalik ishtirokchilari va mehmonlari, yaʼni ekspert va jurnalistlar jamoatchiligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli shaxslar va Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik  korpus vakillarining samarali faoliyat yuritishlari uchun  zarur shart-sharoitlar va ularga maʼqul infrastrukturani yaratish maqsadida zamonaviy IT-texnologiyalar bilan jihozlangan  media-maydoncha tashkil qilinadi. Xususan, yuqori tezlikdagi internet, wi-fi aloqasi taʼminlangan 40 ta zamonaviy kompьyuter, press-kitlar oʻrnatilgan, mamlakatning nodavlat hududiy telestudiyalari, shuningdek,  OʻzEOAVMA Yoshlar mulьtimedia telekompleksi bilan onlayn bogʻlanishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Qabul qilingan qaror respublikaning shahar va qishloqlarida avtotransport taʼminotini rivojlantirish darajasini yanada oshirish, birinchi navbatda qishloq joylarda iqtisodiy oʻsish va aholi bandligi muammolarini hal etilishini taʼminlashda avtotransport xizmati sohasi rolini kuchaytirish, yoʻlovchilarni tashishda xavfsizlikni oshirishga qaratilgan.

Respublika aholisining avtobuslarda tashishlarga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirish maqsadida kelgusi 5 yil mobaynida (2017-2021 yillar) 303 ta yoʻlovchilar yoʻnalishlari ochiladi, shulardan 240 tasi qishloq joylardan oʻtadigan shahar atrofi va shaharlararo yoʻnalishlar. 

2021 yilning yakuniga qadar - sotib olingan avtobus soni 2912 taga yetadi, shundan shahar va shahar atrofi 2686 ta, shaharlar aro 226 ta, yangi 5700 ta mikroavtobuslar olinadi, jami 74 ta yoʻlovchi avtovokzal va avtostantsiyalar quriladi va rekonstruktsiya qilinadi.

2016 yil  IV choragida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida o‘tkazilgan muzokaralar to‘g‘risida ma‘lumot

2016 yil IV choragi davomida XMI bilan imzolangan kredit bitimlari

Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar dinamikasi (ko'chirib olish PDF 0.25MB)

2017 yil 1 yanvardan boshlab alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar namunasi (ko'chirib olish PDF 0.25MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2580) ko'chirib olish PDF 0.9MB

Moliya vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari boʻyicha hamda uni muvofiqlashtirish bilan ishlaydigan boʻlim tashkilga etishga doir yangi Buyruq qabul qilindi (ko'chirib olish PDF 0.25MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016 yil 14 oktabrdagi 79-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 8 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2837) ko'chirib olish (PDF 0.8MB)

Shahar transporti infrastrukturasini yanada rivojlantirish, Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishida yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish, hamda yoʻlovchilar tashish darajasi va sifatini oshirish, shahar jamoat transportida yuklanishni kamaytirish, shuningdek ekologiya va atrof muhit muxofazasini yaxshilash maqsadida,

1.    Toshkent shahar xokimiyati va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2017-2019 yillarda “Toshkent metropoliteni” UK Yunusobod yoʻnalishi ikkinchi bosqichi qurilishini yakunlash toʻgʻrisida taklifi kiritilgan;

2.    Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining tugallanmagan ikkinchi bosqichi obʼektlarining bahosi, kayta baxolash xisobi bilan,  2016 yil 1 oktyabrь holatiga koʻra 6,91 mlrd. soʻmga teng.

“Toshkent metropoliteni” DUK  boshqarish strukturasini  takomillashtirish maqsadida, metropolitenyoʻnalishlarini yanada rivojlantirish,  yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga  moliya-xoʻjalik faoliyatini samaradorligi va rentabelligini oshirish  maqsadida Toshkent shahaor Xokimiyati, Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi  “Toshkent metropoliteni” DUK ni   “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkiliy tuzilmasiga  oʻtkazish haqida taklif kiritdilar.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning korxonalari va “Toshkent metropoliteni” DUK orasida begʻaraz asosida oʻtkazilayotgan mol-mulk qoʻshimcha qiymat soligʻi va yuridik shaxslaring daromad soligʻiga tortilmasligi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20.09dagi 330 –sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17.09 dagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 273-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritilgan, statistik maʼlulotlarni tayyorlashda hisobga olinadigan, turli toifadagi yoʻlovchilarni  bepul yurishga xuquq beradigan  oylik yoʻl chiptalari turlari va yagona guvoxnomalar boʻyicha yoʻlovchilarni tashilish soni aniqlangan. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida turizm soxani jadal rivojlantirilishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861 sonli farmonini bajarish yuzasidan va O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo'mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta'minlash maqsadida:

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasini faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

- mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga Turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasidagi yagona davlat siyosati o'tkazilishiga yo'naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit kontseptsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta'minlash;

- ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va xududiy dasturlari ishlab chiqarilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirish monitoringi, turizm turlarining doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlariga muvofiq bo'lgan turizm infraturizilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarining kredit va grandlarni jalb etish;

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishda energiya tejamkor texnologiyalarni va tizimlarni joriy qilish ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻlib hisoblanmoqda.

Shunindek yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar va barcha tarmoqlarda energiyani tejash boʻyicha dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi 68-sonli “Viloyatlar markazlarida va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Mazkur qarorga muvofiq 2016-2019 yillarda tashqi yoritish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

I.    Davlat Dasturining bajarilishi 

Melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishiga ixtisoslashtirilgan suv xoʻjaligi ekspluatatsiya va pudrat  tashkilotlarini, shuningdek, suv istʼemolchilarining faoliyatini qoʻllab quvvatlash borasida Kompaniya tomonidan Davlat dasturi asosida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmasiga koʻra  Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2016 yilda jami qiymati 41,2 mlrd soʻmlik 140 dona zamonaviy texnika xarid qilish rejalashtirilgan, shundan 60 dona zamonaviy ekskavator, 21 dona buldozer va 59 dona boshqa texnika va mexanizmlar. Shuningdek, joriy yilda Kompaniya oʻz mablagʻlari  hisobidan qiymati 12,5 mlrd soʻmlik 30 dona zamonaviy texnikalarni xarid qilib, lizing oluvchilarga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga davlat dasturi boʻyicha texnikalarni xarid qilish yuzasidan texnikalar qiymatining 85 foizi miqdorida 37,6 mlrd.soʻm moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanomalar berildi va Jamgʻarma tomonidan 26,7 mlrd soʻm mablagʻ moliyalashtirib berildi. 

Oʻz navbatida, Jamgʻarmadan texnikalar xaridi boʻyicha olingan qarz mablagʻlari boʻyicha Jamgʻarmaga 24,6 mlrd.soʻm qaytarildi.

2016 yilning 9 oyligi davomida davlat dasturi boʻyicha 51 dona va Kompaniya oʻz mablagʻlari hisobidan 16 dona texnika xarid qilinib, shundan 36 dona texnika lizing oluvchilarga yetkazib berildi.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2016 yil 20 dekabrdagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 13-14 yanvar kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 13 yanvar, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

 

1. Yakubov Azad 23. Kim Aleftina
2. Shergoziyev Sarvar 24. Xolmatov Nosirjon
3. Baratov Obid 25. Usmanov Lazizxuja
4. Kambarov Kurbonali 26. Rajapov Jaloliddin
5. Rafeyev Baxriyor 27. Maxametov Kudrat
6. Yusupjanov Alisher 28. Mukimov Maʼrufjon
7. Tursunov Maxamadjon 29. Turabbayev Babirjan
8. Abdullayev Yunusxon 30. Xudoyberdiyev Xoshim
9. Tadjibayev Yerbol 31. Mamatov Sherzod
10. Babanazarova Nilufar 32. Shomarufov Oybek
11. Radjapov Xasan 33. Kirgizbayev Sanjar
12. Tuxsanov Xamza 34. Nurimov Orif
13. Yakubov Matrasul 35. Tashmanov Golib
14. Kim Svetlana 36. Merkulova Valentina
15. Xusaynov Soxibboy 37. Ruzmetova Katerina
16. Xaknazarov Bengnazar 38. Baymatov Rustam
17. Jabborov Neʼmatulla 39. Nosirov Shoodil
18. Jumanov Gulom 40. Xaltayeva Shaxla
19. Kasimov Kaxramon 41. Ikromov Mirzoxid
20. Abduraimova Zarifa 42. Abduraxmanov Nurmaxan
21. Odilov Shoxrux 43. Bozorov Dilshod
22. Nigmatova Aziza    

2016 yil 7 va 14 may kunlari Samarqand shahrida erkaklar oʻrtasida tennis boʻyicha xalqaro “Chellendjer” musobaqasi oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada xorijiy davlatlardan 50 ta va 10 ta Oʻzbekistonlik sportchilar ishtirok etib bosh sovrin uchun kurash olib bordilar.

Shuningdek, joriy yil 13-21 may kunlari Samarqand shahrida oʻsmirlar oʻrtasida ham tennis boʻyicha xalqaro “Chellendjer” musobaqasi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston va xorijiy davlatlardan jami 64 nafar oʻsmir tennischilar qatnashishdi.

Tennis boʻyicha xalqaro “Chellendjer” musobaqalarning sovrin miqdori 133100 AQSh dollarini tashkil qildi.

Musobaqalar yuqori saviyada oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 15 sentyabrdagi “2016-2020 yillarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishga oid chora-tadbir toʻgʻrisida”gi PQ-2592-sonli Qarori, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, charm-poyabzal sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiyalash, teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshilgan qymatga ega boʻlgan eksportbop tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va ushbu maqsadlar uchun chet el investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida qabul qilingan.  

Ushbu qaror bilan teri xom ashyosini qayta ishlash asosida, tashqi bozorda charm-poyabzal maxsulotlariga boʻlgan talabdan kelib chiqib, ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida topshiriq tasdiqlangan. 

Mazkur topshiriqda, 2016-2020 yillar mobaynida 1 683,5 mln. dollar evaziga sanoat maxsulotlararini ishlab chiqarishni tashkil etish koʻzda tutilgan. Jumladan, 29 157 ming juft poyabzal, 2 990,1 mln. kv. dm. Teri xom ashyosini qayta ishlash, shuningdek, 35,6 mln. dollar evaziga teri maxsulotlarini ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. 

2016 yil 9 dekabr kuni “ENG YAXSHI AUDITOR–2016”, “ENG YAXSHI BUXGALTER–2016”, “ENG YAXSHI ICHKI AUDITOR–2016” tanlov natijalariga bagʻishlangan har yilgi tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.  Unda anʼanaga koʻra, Respublika Tanlov Komissiyasining Tashkiliy qoʻmitasi barcha nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni eʼlon qildi.

Mazkur tanlovlarning asosiy maqsadi buxgalter va auditorlik kasblarining nufuzini oshirish, ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish hamda uni yanada rivojlantirishdan iboratdir. Tanlov olti yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda va u barcha kasb egalarini birgalikda toʻplab tanlov gʻoliblarini qutlash uchun ajoyib anʼanaga aylandi.  

Tanlov tashkilotchilari boʻlib, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi, “Soliq va bojxona xabarlari” haftalik moliyaviy-iqtisodiy gazetasi, “Soliq Info” haftalik ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 17 maydagi 180-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tashkil topgan.

Bank-moliya akademiyasining koʻp yillik samarali faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasidagi 1000 dan ortiq moliya va sugʻurta tizimlari xodimlari iqtisod magistri darajasiga ega boʻldilar va akademiyaning avval 3 (uch), soʻngra 4 (toʻrt) oylik malaka oshirish kurslarida  90 dan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi rahbar xodimlari  malakalarini oshirdilar.

Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi buyurtmachiligi ostida loyihachi “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ tashkiloti tomonidan mukammal ravishda ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida 4R6 “Toshkent shahri – Chirchiq shahri – Chimyon qishlogʻi”  avtomobil yoʻlining 66.6 - 76.5 kilometri va 80 - 81 kilometrlari qismida jami 10.9 kilometr uzunlikdagi 95100 m2 avtomobil yoʻli, 8700 m2 avtoturargohlarga asfaltobeton qoplama yotqizilib, 28288 m2, yaʼni 9.9 km uzunlikdagi yoʻl yoqasini mustahkamlash ishlari, 1 km uzunlikda zamonaviy talablar asosida svetodiodli yoritish tizimlari va metal qovurgʻali ajratuvchi tasmalar toʻliq qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buyrugʻi bilan 2016 yil 1 dekabrdan eʼtiboran “UVT - INSHURANS” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasiga 2010 yil 1 iyunda berilgan seriyasi SF 00142-sonli litsenziyaning amal qilishi tugatildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini oʻz vaqtida yuritishni va hisobotini tuzishni taʼminlash maqsadida hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining gʻazna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida  2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik oʻquv seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi oʻquv seminarlar joriy yilning 20 oktyabridan  11 noyabriga qadar Andijon viloyatining Andijon shahrida (194 nafar), Xonobod shahrida (33 nafar), Andijon tumanida (126 nafar), Asaka tumanida (124 nafar), Baliqchi  tumanida (111 nafar), Buloqboshi tumanida  (83 nafar), Boʻz tumanida (78 nafar), Jalaquduq tumanida (119 nafar), Isboskon tumanida (115 nafar), Marhamat tumanida (101 nafar), Oltinkoʻl tumanida (106 nafar),  Paxtaobod tumanida (77 nafar),  Ulugʻnor tumanida (62 nafar),   Qoʻrgʻontepa tumanida (140 nafar), Shahrixon tumanida (125 nafar),  Xoʻjaobod tumanida (81 nafar) moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari uchun oʻtkazildi. Mazkur seminarlarda jami 1675 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari oʻz malakalarini oshirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 2016 yil 28 iyunda 163-sonli “Bolalar musiqa va saʼnat maktablarining taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalarini hamda oʻquv rejalariga tushuntirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi tasdiqlandi ko'chirib olish PDF 0.2 MB, Ilova-1 ko'chirib olish PDF 0.4 MB, Ilova-2 ko'chirib olish PDF 0.2 MB;

Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 avgustda 2820-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 12 iyuldagi 7-mh va 52-sonli qoʻshma qarori roʻyxatdan oʻtkazildi;

Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 23 avgustda 2821-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining “Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 25 iyuldagi 8-mh va 55-sonli qoʻshma qarori roʻyxatdan oʻtkazildi;

Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 30 sentyabda 2827-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining “Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2016 yil 23 sentyabrdagi 7, 30-q/q va 72-sonli qoʻshma qarori roʻyxatdan oʻtkazildi;

Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 oktyabrda 2828-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki boshqaruvining “Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 16 sentyabrdagi 66, 70 va 340-V-sonli qoʻshma qarori roʻyxatdan oʻtkazildi.

2016 yilning yanvar - sentyabr oylari holatiga ko’ra O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2011 yil 7 fеvraldagi PQ-1475-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martdagi 69-sonli qarorlari ijrosi haqida ma`lumot  (ko'chirib olish  PDF 0.3MB)

Birjalar savdolar tashkil qilishning maxsus shakli sifatida bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Milliy iqtisodiyotlar va jahon xoʻjaligi aloqalar tizimini rivojlantirishda birjalarning oʻrni kattadir.

Bizning yurtimizda ham qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda birja faoliyati muhim rol oʻynaydi. “Toshkent” Respublika Fond Birjasi tomonidan 2016 yil 9 oyi davomida birja bitimlari hajmi 170,4 mlrd.soʻmni tashkil qilgan, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan (2015 yil 9 oyi davomida – 113,5 mlrd.soʻmni tashkil qilgan). Hisobot davrida 95 ta aksiyadorlik jamiyatlarining jami 222,8 mln.dona qimmatli qogʻozlari sotilgan. Oʻsish surʼatlari birja bitimlari sonining oʻsishi bilan bogʻliqdir, ularning soni 2193 ni tashkil qilgan, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan (1844 dona bitim) 1,2 barobarga oshgan.

2016 yil 30 sentyabr holatiga birja kotirovka varagʻiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari kapitallashuvining bozor koʻrsatkichi 9054,0 mlrd.soʻmni tashkil qilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi veb-saytida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabuli uchun Azimov Rustam Sodikovich, virtual qabulxonasi ochdi. 

Virtual qabulxona manzili www.mf.uz. Mazkur veb-sayt foydalanuvchilari yuqoridagi manzilga kirib, maxsus shaklini toʻldirish orqali oʻz arizalari, shikoyatlari va takliflarini qoldirishlari mumkin. 

Moliya vazirligi murojaat yuborishida elektron raqamli imzo boʻlishi talab qilinmaydi.

Koʻrsatkichlar Soni, kishi
1.    Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami 37
shulardan kelmaganlar 8
2.    Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 23
3.    Malaka imtihonidan oʻtmaganlar 6

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi stavkalari toʻgʻrisida ma'lumot (ko'chirib olish PDF 0.3MB)

24.10.2016 yil holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokkerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri (ko'chirib olish PDF 0.3 MB

“Ishonch telefoni” 24 soat davomida ishlab turishi va fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni uzluksiz qabul qilish uchun, ishdan tashqari vaqtlarda kelayotgan shikoyatlarni avtomatik tarzda yozib olish va saqlash sistemasi ishga tushurildi (TP-Link rusumli modem drayver komponentlari qoʻyildi hamda kompyuterga Ventafax 5.0 dasturi oʻrnatilib avtootvetchik funktsiyasiga ulandi).

Gʻaznachilik, Pensiya, ish haqi toʻlovi masalalari hamda tender va tanlov savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi yuzasidan 2016 yil 3-choragida bosh boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga fuqarolardan 451 ta murojaatlar kelib tushdi.

2016 yilning uchinchi choragida umumiy qiymati 75,0 mln. doll. teng 50 ta grant quyidagi yoʻnalishlarga jalb qilindi:

- sogʻliqni saqlash, taʼlim va xodimlarning malakasini oshirish (32 grant) -   38,3 mln. doll.
 
- qishloq va suv xoʻjaligi (2 grant) -   15,0 mln. doll.
 
- ijtimoiy himoya, madaniyat va sportni rivojlantirish (10 grant) -11,1 mln. doll.
 
- huquqni muhofaza qilish va bojxona organlarini texnik jihozlash va institutsional rivojlantirish (2 grant) -   8,3 mln. doll.
 
- iqtisodiyot, moliya bozori va tadbirkorlikni rivojlantirish (1 grant) -   0,5 mln. doll.
 
- boshqa yoʻnalishlar (3 grant) - 1,8 mln. doll.
 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 sentyabr kuni oʻtkazilgan 78-sonli yigʻilish bayoni va Moliya vazirligining 2010 yil 22 martdagi 48-sonli buyrugʻi talablari ijrosi yuzasidan hududiy Gʻaznachilik boshqarmalari va ularning tuman (shahar)lari boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning rahbarlari hamda moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari ishtirokida 2016 yilning noyabr oyida oʻtkaziladigan seminar-yigʻilishlarda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan ishtirok etadigan masʼullar ko’rish uchun ushbu havola (PDF 0.34MB) orqali yuklab olishingiz mumkin.   

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21martdagi PQ-1730-son "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida davlat organlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng koʻlamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni taʼminlash boʻyicha bir qator vazifalar nazarda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi 445-son “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga toʻlovlarni amalga oshirishda foydalanish, shuningdek pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish koʻzda tutilgan.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2016 yil 11 oktyabrdagi buyrugʻiga asosan 2016 yilning 28-29 oktyabr kunlarida (imtihon boshlanishi 2016 yil 28 oktyabr, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:
 

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                (mln. doll. AQSH)

Loyiha nomi

 

XMI/

donor mamlakatlar

 

Kredit summasi

Loyiha summasi

 

Loyiha maqsadi

Imzolangan sana

1.

Kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazish tizimini takomillashtirish

Jaxon banki

20,0

35,77

Kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazish integratsiyalashtirilgan informatsion tizimini ishlab chiqib tadbiq etish, ko’chmas mulk va kadastr bo’yicha ma’lumotlarni elektron shaklga o’tkazish, ma’lumotlar bazasi va texnik qo’llanmalar ishlab chiqish

16.09.2016y.

Jami:

 

20,0

35,77

 

 

Muzokaralar maqsadi

Muzokaralar soni

- Moliya vazirligi rahbariyatining halqaro moliyaviy institutlari (HMI), xorijiy mamlakatlar hukumatlari, xorijiy banklar va kompaniyalari vakillari bilan uzoq muddatli moliyaviy iqtisodiy hamkorlik, hamkorlikning yangi istiqbolli sohalarini muhokama etish, shuningdek, ayrim strategik jihatdan muhim investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan rasmiy uchrashuvlari;

54

 - HMI va donor mamlakatlari missiyalari va vakillari bilan yangi loyihalarni tayyorlash va joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ishchi uchrashuvlar;

- boshqa joriy masalalar yuzasidan uchrashuv va muzokaralar.

 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 255 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd