РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

  • «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    «Yoshlar va tarix» mavzusida davra suhbati

    Batafsil...
  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi o'rtasida hamkorlik

    Batafsil...
  • Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Yevropa Investitsiya Banki vakillari bilan uchrashuv

    Batafsil...
  • Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Pensiya va nafaqa pullarini yetkazib berish sohasidagi nazorat tadbirlarining natijalari bo'yicha ma'lumot

    Batafsil...
  • Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni muhokamasiga bag'ishlangan amaliy seminar

    Ipoteka kreditlarini moliyalashtirish tizimlarini, shuningdek uy-joy subsidiyalarini global ko'rib chiqish bo'yicha dolzarb masalalarni…

    Batafsil...
  • Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yi

    Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dep…

    Batafsil...
  • YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH

    Batafsil...
  • Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolat

    Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni…

    Batafsil...
  • ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    ROSSIYA FEDERAL G'AZNACHILIGI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHUV

    Batafsil...
  • KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    KELGUSI YILLAR UCHUN BYUDJET SIYOSATINING ASOSIY YOʼNALISHLARI BOʼYICHA AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

    Batafsil...
  • “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    “TINCHLIK-ENG OLIY NE’MAT”

    Batafsil...
  • Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Fuqarolar uchun byudjet-2019 (Toshkent viloyati)

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI

    Batafsil...
  • XABARNOMA

    XABARNOMA

    Batafsil...
  • Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy ta'minot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish bo’yicha tanlo’v

    Alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish va ishtirokchilar uchun qo’shimcha qulayliklar yaratishda xizmat qiluvchi dasturiy t…

    Batafsil...
  • АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

    Batafsil...
  • OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI

    Batafsil...
  • "Ochiq budjet": aholi takliflarining amalga oshirilishi

    Batafsil...
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!

    Batafsil...

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat negizida aholi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy binolarini qurish, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida aniq tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda, O‘zbekiston Respublikasi aholisiga qulay yashash sharoitlari yaratish, sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi xalq an‘analarini tiklash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompьyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta‘minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta‘sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur.

Islom KARIMOV

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2008 yildagi № PQ-804-sonli qaroriga hamda O’zbekiston Respublikasi va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasidagi 2008 yil 14 aprelda imzolangan №2403-sonli zayom kelishuviga asosan, “POSCO Engineering & Construction Co. Ltd” (Janubiy Koreya) kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyati va Qoraqolpog’iston Respublikasida olib borilayotgan 4-tasmali sement-beton  qoplamali A-380 avtomobil yo’lining 490-581 km. qismida qurilish ishlari olib borilgan. 

Byudjet tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini ta‘minlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining g‘azna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markaziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida O‘quv markazi tomonidan 2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik o‘quv seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Mamlakatimizda transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, muhandislik-infratuzilma ob‘ektlarini barpo etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidentining bugungi kundagi odilona siyosati, hususan “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida Respublika aholisi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, yangi turar joy binolarini qurish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz, Islom Abdug‘aniyevich Karimovning bugungi kundagi odilona siyosati ostida, hususan “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida Respublika aholisi turmush darajasini oshirish, yashash uchun munosib turar joy, ijtimoiy-maishiy infratuzilmani yaratish, yangi turar joy binolarini qurish, zamonaviy yo‘llarni va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Qonunchilikni takomillashtirish asosida obodonlashtirish ishlarini boshqarish samaradorligini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish, shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hisobiga respublika shaharlari va aholi punktlarini obodonlashtirishga doir muhim chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

2016 yil 17 iyunda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi bilan birgalikda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va Auditning xalqaro standartlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar ishida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi mutaxassislari va xodimlari hamda yirik aktsiyadorlik jamiyatlarining bosh buxgalterlari va auditorlar ishtirok etdilar.

Ko‘rsatkichlar

Soni, kishi

 1. Malaka imtixoniga qo‘yilgan da‘vogarlar, jami

29

shulardan kelmaganlar

4

2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

17

3. Malaka imtihonidan o‘tmaganlar

8

Joriy yilning 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazida dori-darmon vositalariga qo‘yiladigan narx-navo, soliq solish va buxgalteriya hisobi hamda horijiy investitsiyalarini jalb etish kabi masalalarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazilgan bo‘lib, unda “O‘zfarmsanoat” davlat  aktsiyadorlik kampaniyasi tarkibiga kiruvchi korxona vakillari ishtirok etdi.

2016 yil 12-18 may kunlari Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazida Jahon banki mutaxassislari Bonni Enn Sirois (moliyaviy boshqaruv bo‘yicha katta mutaxassis), Maykl Uells (buxgalteriya hisobi ta‘limi bo‘yicha maslahatchi), Jamshid Iriskulov (moliyaviy boshqaruv bo‘yicha maslahatchi) va Yokubjon Isakov (korporativ boshqaruv bo‘yicha maslahatchi) tomonidan Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining korporativ boshqaruvda roli mavzusida tomonidan trening o‘tkazildi.

Ushbu trening Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Jahon banki hamkorligida korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasida tashkil qilindi. Treningda vazirlik, idora va qo‘mitalar vakillari hamda, yirik aktsiyadorlik jamiyatlari va tashkilotlar bosh buxgalter va auditorlari qatnashdi.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2016 yil 26 maydagi buyrug‘iga asosan 2016 yilning 10-11 iyun kunlarida (imtihon boshlanishi 2016 yil 11 iyun, soat 10:00da) G‘aznachilikning ma‘muriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol ko‘ch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida buxgalterlik hisobini yuritish uchun ishlab chiqilgan “UzASBO” dasturiy majmuasi hozirgi kunda byudjet va byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar uchun yaqin hamkor bo’lib xizmat qilmoqda. Dasturiy majmua imkoniyatlari yil sayin ko’payib, tashkilot buxgalterlarining ish samaradorligi oshmoqda. 

G’aznachilik organlarining tegishli bo’linmalariga, byudjet va byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning birlamchi va moliyaviy hisobot xujjatlarini dasturiy majmua orqali to’liq elektron tarzda yuborilishi va ma’lumot almashinuv xizmati yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 apreldagi “Elektron xujjat aylanishi to’g’risida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22 iyuldagi “Respublikada qog’ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi 155-son qarori ijrosini ta’minlashning yorqin misoli sifatida aynan “UzASBO” dasturiy majmuasini ko’rsatish mumkin.
 

Seminar yig‘ilishini Vazirlar Mahkamasining kommunal soha, transport, kapital qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri N.E. Maksumov kirish so‘zi bilan boshlab, kun tartibiga ko‘yilgan masalalar bilan tanishtirdi.

So‘ngra, kun tartibidagi masalalar yuzasidan “O‘zkommunxizmat” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari I. Maxkamov, Moliya vazirligining Iste‘mol bozori, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliyaviy va narh orqali tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i A. Adxamjanov, Toshkent viloyati xokimining o‘rinbosari U. Usmonov, Farg‘ona viloyati xokimining o‘rinbosari O. Axmedov, “O‘zkommunalloyihaqurilish” instituti bosh muxandisi Z. Mirzayevlar o‘z ma‘ruzalari va tayyorlangan prezentatsiya taqdimotlari bilan chiqish qilishdi.

“Sug‘urta” bo‘limida 2016 yil 5 may holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri joylashtirildi. 

2016 yil 1 yanvar xolati bo‘yicha xalqaro auditorlik tarmoqlarga va xalqaro uyushmalarga a‘zo hisoblangan auditorlik tashkilotlarining ro‘yxati.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga asosan Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni sug‘urta yo‘li bilan himoya qiluvchi “Madad” Aktsiadorlik jamiyatiga 2015 yil 20 oktyabrda berilgan seriyasi SF 00206-raqamli litsenziyaning amal qilishi 2016 yil 13 maydan 10 (o‘n) ish kun muddatga to‘xtatib turiladi.
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 1 iyundagi 363 - sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, Jamg‘armaga har yili Jamg‘armaning hisob raqamlarini mustaqil auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish va hisobotni ommaviy axborot vositalarida chop etish topshirilgan.

Alkogolli mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji - sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur Qarorga muvofiq 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab Respublikamizda alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji - sotish va chakana narxlar joriy etildi.

Mazkur qarorga ko‘ra, alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji - sotish va chakana narxlar, mahsulotlarning sotish narxlari va hajmi o‘zgarishidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilib O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Shunga muvofiq, eng kam ulgurji - sotish va chakana narxlar har yili qayta ko‘rib chiqilmoqda.

    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari diqqatiga


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 dekabrdagi PQ-2450 sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish va bajarish bo‘yicha

1. O'zbеkiston Rеspublikasida davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish doirasida 2016–2025 yillarda davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish Kontsеptsiyasi hamda "Tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari to'g'risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash ko'zda tutilgan. 

"Tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari to'g'risida"gi qonun loyihasi va 2016–2025 yillarda davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish Kontsеptsiyasi loyihasi halqaro moliyaviy-iqtisodiy institutlar va boshqa halqaro tashkilotlar vakillari hamda mutasaddi vazirliklar va muassasalar vakillari ishtirokida joriy yil 13 aprеlda Toshkеnt shahridagi "Poytaxt" biznеs markazida o'tkazilgan davra suhbatida muhokama qilindi. 

Joriy yilnig 29-30 martida aktuariy malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtixoni o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan malaka imtihonining natijalariga ko‘ra davogarlar Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna va Shamsuddinov Baxodir Raximovich malaka imtixonini muvaffaqiyatli topshirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga asosan Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna va Shamsuddinov Baxodir Raximovichga joriy yilning 8-aprelida aktuariy malaka sertifikatlari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga asosan “Agro Invest Sug'urta” Aktsiyadorlik jamiyatiga 2014 yil 21 oktyabrda berilgan seriyasi SF 00199-raqamli litsenziyaning amal qilishi 2016 yil 4 apreldan 10 (o‘n) ish kun muddatga to‘xtatib turiladi.

Attestatsiyaga ruxsat etilganlar jami, (kishi)

shulardan:

Egallab turgan lavozimiga loyiq

Egallab turgan lavozimiga loyiq emas

 Attestatsiyada ishtirok etmaganlar

4

1

1

2

Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2015 yil 19 oktyabrdagi qo‘shma ko‘rsatmasining 1-ilovasida tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi, sud, xuquqni muhofaza qiluvchi  va nazorat organlari xodimlarini tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun xujjatlarining mazmuni bilan tanishtirish va malakasini oshirish” dasturi asosida o‘quv seminarlari tashkil etildi.

O‘quv seminarda Moliya vazirligining Markaziy apparati xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatida tekshirish o‘tkazish xuquqiga ega bo‘lgan xodimlari “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlash va tadbirkorlik sub‘ektlarinining xuquqiy himoyasini yanada kuchaytirish” mavzularida sakkiz mashg‘ulotda ishtirok etdilar.   

Navoiy viloyatida 2016 yilning yanvar oyida “M-37 (150 km) Navoiy temiryo‘l stantsiyasi” avtomobil yo‘lining 4R64 “g” avtomobil yo‘li hududining 0-3,5 km qismi to‘liq ta‘mirlandi va foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi tomonidan “Navoiy viloyati hududiy avtomobil yo‘llarini saqlash” idoraviy maqsadli dasturi doirasida ushbu yo‘l hududi ta‘mirlash uchun 3,5 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ moliyalashtirildi.

Ko‘rsatkichlar

Soni, kishi

  1.       Malaka imtixoniga qo‘yilgan da‘vogarlar, jami

35

shulardan kelmaganlar

7

  2.       Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

20

  3.       Malaka imtihonidan o‘tmaganlar

8

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi №PQ-1958 sonli qarori)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2264 sonli qarori hamda 4 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” gi № PQ-2270 sonli qarorlariga asosan Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan meliorativ tadbirlar uchun jami 350,4 mlrd.sum mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Yil davomida, Jamg‘arma Kengashining tegishli qarorlariga asosan xaqiqatdagi holatdan kelib chiqib va mablag‘lar iqtisod qilinganligini inobatga olib, Jamg‘arma mablag‘lari ajratilgan umumiy limit doirasida qayta taqsimlanib, qo‘yidagicha yo‘naltirildi: qurilish va rekonstruktsiya ob‘ektlariga 149,8 mlrd. so‘m, ta‘mirlash-tiklash ishlariga 165,8 mlrd. so‘m, melioratsiya va suv xo‘jaligi ishlariga ixtisoslashtirilgan pudrat va ekspluatatsiya korxonalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadlariga 31,6 mlrd. so‘m, tomchilatib sug‘orishni joriy etishga 0,2 mlrd.so‘m va buyurtmachining saqlash xarajatlari uchun 3,0 mlrd. so‘m.

“Sug‘urta” bo‘limida 2016 yil 10 mart holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri joylashtirildi.
 

“Chartis Uzbekistan” sug‘urta kompaniyasi mas‘uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasining arizaga asosan unga berilgan 2010 yil 14 iyuldagi seriyasi SF 00146-raqamli sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning amal qilishi 2016 yil 9 martdan tugatildi.
 

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2016 yil 4 martdagi buyrug‘iga asosan 2016 yilning 25-26 mart kunlarida (imtihon boshlanishi 2016 yil 25 mart, soat 10:00da) G‘aznachilikning ma‘muriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol ko‘ch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida o‘tkaziladi.

2016 yil uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari

2016 yil 5 fevral kuni Moliya vazirligi va O‘zbekiston lizing beruvchilar uyushmasi tomonidan respublika lizing beruvchilarini jalb qilgan holda respublika lizing sektorining 2015 yildagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan yillik yig‘ilish tashkil etildi.

Ushbu yillik yig‘ilishda respublika lizing sektorining 2015 yildagi faoliyati natijalari ko‘rib chiqildi va lizing sohasini yanada rivojlantirishning muhim vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi Nizom (2013 yil 30 may, ro‘yxat raqami 2462) ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu nizomga asosan joriy yil boshidan malaka talablariga mos kelishini aniqlash yuzasidan 20 ta  hujjatlar to‘plami ko‘rib chiqilgan. Jumladan, 12 ta hujjatlar sug‘urtalovchilarning alohida bo‘linmasining bosh buxgalteri lavozimiga va 8 ta hujjatlar sug‘urtalovchining alohida bo‘linmasining rahbari lovozimlariga ko‘rib chiqildi.  
 

2016 yil 19 fevral kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Davlat moliyasini isloh qilishning g‘aznachilik tizimi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi, asosiy vazifalar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va O‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanini tashkil qilishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini isloh qilish jarayonlari, davlat moliyasi mablag‘larini boshqarishning dolzarb muammolari hamda Davlat byudjeti mablag‘larini boshqarish borasida amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgartirishlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali aholini xabardor qilish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari buxgalterlik hisobini yurituvchi “UzASBO” dasturiy majmuasi 2011 yilda foydalanishga tapshirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” talablariga to‘liq beruvchi va respublikamizda Web-texnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan ilk dasturiy majmualardan biridir. Dasturdan foydalanish bepul bo‘lib, hozirda dasturdan 26000 dan ortiq tashkilotlar foydalanib kelmoqda. Bugungi kunda byudjet tashkilotlari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni elektron ko‘rinishda mazkur dasturiy majmuadan olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, dasturiy majmua orqali to‘lov topshiriqnomalar g‘aznachilik organlariga va moliyaviy hisobotlar yuqori turuvchi tashkilotlarga hamda moliya organlariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda to‘liq elektron ko‘rinishda taqdim etilmoqda.

“Keyingi o‘quv yili uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashrdan chiqarish va sotish uchun istiqbol kvotalarini shakllantirish hamda darsliklar uchun ijara to‘lovlarini hisoblash va to‘lash tartiblarini takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklarva idoralar bilan kelishilgan holda “Umumta‘lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta‘minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 22 hamda 40-bandlariga o‘zgartirishlar kiritildi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. (2015 yil 28 dekabrda 2577-1 son bilan)
 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 28 yanvardagi 3, 2016-05-son “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini qo‘llash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

В 2015 г. привлечено 198 зарубежных грантов на общую сумму 231,1 млн. долл. в следующих направлениях:

2016 yilning 25-29 yanvar kunlari o‘tkazilgan auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyasi natijalari to‘g‘risida ma‘lumot.

ГРАФИК Приема физических и юридических лиц (представителей)  в Министерстве финансов Республики Узбекистан

Auditor malaka sertifikatini olish (muddatini uzaytirish) uchun  2016 yilning 15-16 yanvarida o‘tkazilgan malaka imtihonining natijalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2015 yil 27-29 may kunlari Koreya Respublikasiga qilgan tashrifi davomida imzolangangan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan Chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta‘minlash yuzasidan, Moliya vazirligi tomonidan Koreya davlati bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim sohasiga ajratilayotgan byudjet xarajatlarining samaradorligini ta‘minlash hamda byudjet jarayonini takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish” qo‘shma loyihasi taklifi ustida ishlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining “Tovar (ish, xizmat)larning davlat xaridlari to'g`risida"gi qonuni loyihasi hamda  “2016-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimini rivojlantirish va takomillashtirish Kontseptsiyasi” bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlarni qabul qilish va keyinchalik tegishli tashkilotlar bilan o'rnatilgan tartibda kelishish, kelib tushgan taklif va mulohazalar bilan boyitish maqsadida 2016 yil 14-16 yanvar kunlari yuqorida keltirilgan qonun loyihasini oxirgi variantini moddalar bo'yicha ko'rib chiqish maqsadida davra suhbati o'kazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 dekabrdagi PQ-2450 sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini so‘zsiz bajarish maqsadida vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan yangi shtat jadvali tuzilganada, xodimlar soni Prezident qarorida belgilangan sonidan oshmagan holda tasdiqlash kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 apreldagi “Markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining koykalar fondini aniqlashning normativ metodiga bosqichma-bosqich o‘tish to‘g‘risida”gi 95 - sonli qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va uning xududiy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat ishchi gurux tuzildi. 

Ushbu ishchi guruh tomonidan eksperiment bilan qamrab olingan tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining yangi shtat normativlari ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 dekabrdagi PQ-2450 sonli “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini so‘zsiz bajarish maqsadida vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan yangi shtat jadvali tuzilganada, xodimlar soni Prezident qarorida belgilangan sonidan oshmagan holda tasdiqlash kerak.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd