Diana Gardanova
16
Sen 2020
1116 marta ko'rildi

Korrupsiya profilaktikasi, uning sabablari va oqibatlarini bartaraf qilish” mavzusida onlayn seminar

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining 1-3-bandlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha namunaviy tadbirlarning ichki idoraviy dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika idoralararo komissiyasining 2019-yil 31-iyuldagi 19/10a-19-son topshiriq xati asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan 2020-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining

14-bandiga muvofiq Ilmiy-tadqiqot ishlanmalar byurosi tomonidan Davlat organlari va tashkilotlar hamda ularning hududiy idoralari mutaxassislarini jalb qilgan holda, korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga doir mavzularni tushuntirib berishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura Akademiyasi bilan hamkorlikda 2020-yil 15-sentabr kuni “Korrupsiya profilaktikasi, uning sabablari va oqibatlarini bartaraf qilish” mavzusida (Zoom ilovasi orqali) vebinar tashkil etildi. 

Concrete

O‘tkazilgan seminarda Moliya vazirligining markaziy apparati va barcha tarkibiy bo‘linmalardan xodimlar bevosita ishtirok etdilar.

Ushbu onlayn seminarni O‘quv markazi direktori – Iroda Gafurovna Xamidova kirish so‘zi bilan ochib berdi va so‘zni ma’ruzachi – Bosh Prokuratura Akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi rahbari, yuridik fanlar doktori Bahodir Islamovich Ismoilovga berdi.

Concrete

O‘tkazilgan mazkur onlayn seminarda ma’ruzachi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shu bilan birga, korrupsiyani belgilovchi omillar va uning kelib chiqish sabablari; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga sharhlar; 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurash davlat dasturi, uning talablari to‘g‘risida; korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston va jahon mamlakatlari taqqoslanganligi misolida idoraviy chora-tadbirlar haqida; O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini bir nechta ko‘rinishlari; shuningdek, korrupsiya illatini oldini olishda O‘zbekiston va jahon tajribasi, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining rivojlanganlik darajasi xususida ko‘plab ham nazariy, ham amaliy yondashuvlar bilan ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘ngida O‘quv markaz professor-o‘qituvchilari hamda seminar ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzachiga savol va takliflar berib borildi. 

 

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 16 Sentyabr 2020 17:27

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -57 foydalanuvchi
2 - ball -18 foydalanuvchi
3 - ball -25 foydalanuvchi
4 - ball -22 foydalanuvchi
5 - ball -366 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi