Diana Gardanova
16
Sen 2020
392 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari tayinlandi

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil    15 sentyabrdagi №PQ- 4822  Qaroriga asosan Qurbanmurat Xolmuratovich Taparov Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qurbanmurat Taparov 1978 yilda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy, 1999 yilda Qarshi davlat universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012 yilda Risumeykan Universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan. 

K.Taparov o‘z faoliyatini 1999 yilda Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasining 1-toifali iqtisodchisi lavozimida boshlagan.

2003 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamg‘armasining Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy yetakchi inspektori sifatida, keyinachalik, ushbu boshqarmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish bo‘limi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2017-2018 yillarda - Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va keyinchalik boshqarmasi boshlig‘i. 

2018 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘'basi yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘'basi yetakchi inspektori lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -57 foydalanuvchi
2 - ball -18 foydalanuvchi
3 - ball -25 foydalanuvchi
4 - ball -22 foydalanuvchi
5 - ball -366 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi