Diana Gardanova
10
Avg 2020
644 marta ko'rildi

Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi byudjet tashkilotlarida ishlovchi hodimlarga ish haqi to’lovlarini o’z vaqtida to’lash, shuningdek, xozirgi kunda koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo’yicha ham uzluksiz faoliyatini “online” tarzda davom ettirgan holda to’lovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini to’laqonli ta’minlash maqsadida, G’aznachilik bilan byudjet tashkilotlari o’rtasida “online” ravishda ma’lumotlar almashinuvi tizimli yo’lga qo’yilgan.

Joriy yilning 7 avgust kuniga G’aznachilik tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi hodimlarning byudjet mablag’lari hisobidan iyul oyi ikkinchi yarmi uchun jami 1 685 mlrd. so’mlik (99 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar to’lab berildi.

Bulardan tashqari, iyul oyida xalq ta`limi sohasida ishlovchi xodimlarga jami 176,3 mlrd. so`mlik mehnat ta`tili uchun to`lovlar amalga oshirildi.

Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo’yicha taqdim etilgan so’rovnomalarga asosan to’lab berilishi ta’minlanmoqda.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 10 Avgust 2020 10:51

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -57 foydalanuvchi
2 - ball -18 foydalanuvchi
3 - ball -25 foydalanuvchi
4 - ball -22 foydalanuvchi
5 - ball -378 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi