Diana Gardanova
30
Iyul 2020
544 marta ko'rildi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O'zbekiston Auditorlar palatasi bilan birgalikda diplomli sertifikatlangan buxgalterlar Assotsiatsiyasi (ACCA, Buyuk Britaniya) bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Concrete

 

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi "xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4611-sonli qarorini amalga oshirish doirasida O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi auditorlar palatasi bilan birgalikda 2020-yil 30-iyul kuni xalqaro moliyaviy hisobot standartlari(XMHS) bo'yicha kadrlar tayyorlash va professional sertifikatlashtirishning zamonaviy tizimini joriy etish bo'yicha anglashuv memorandumini imzoladi.

Concrete

Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad XMHS sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun xalqaro ta'lim standartlarini joriy etishga ko'maklashishdan iborat.

Qo'shma tadbirlarni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

ACCA "Moliya va biznesni boshqarish" diplomi va "Xalqaro moliyaviy hisobotda diplom (ACCA DipIFR)" imtihoni doirasida " XMHSga muvofiq moliyaviy hisobot" sertifikatlash imtihoniga mutaxassislarni tayyorlash;

oliy ta'lim muassasalarining (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg'ona politexnika instituti) "buxgalteriya hisobi" va "audit" fanlari bo'yicha o'quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish;

ACCA hamkorlarini jalb qilish orqali XMHS bo'yicha o'qituvchilar uchun trening o'tkazish;

O'zbekistonda "Moliya va biznes boshqaruvi" ACCA diplomi doirasida imtihonlarni o'zbek tilida topshirish dasturini amalga oshirish uchun hujjatlarni ishlab chiqish.

Zamonaviy o'qitish tizimini va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq professional sertifikatlashni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi"ni o'z ichiga olgan o'zaro anglashuv memorandumi xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi va XMHS sohasida kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etadi.

Ma'lumot uchun:

* diplomli sertifikatlangan buxgalterlar Assotsiatsiyasi (ACCA) 1904 yilda tashkil etilgan va 1974 yilda Qirollik xartiyasiga qo'shilgan, Angliya va Uels qonunchiligiga ko'ra ACCA moliyaviy va buxgalteriya sohasidagi 503,000 talabalar (nomzodlar) va 179 mamlakatda 208,000 a'zo bo’lgan professional buxgalterlarni birlashtirgan xalqaro tashkilot deb hisoblanadi(https://www.accaglobal.com).

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 30 Iyul 2020 17:46

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -57 foydalanuvchi
2 - ball -18 foydalanuvchi
3 - ball -25 foydalanuvchi
4 - ball -22 foydalanuvchi
5 - ball -374 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi