Diana Gardanova
03
Iyul 2020
153 marta ko'rildi

Iste'mol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i

Concrete

Astanov Zafar Murodillaevich Iste’mol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

Zafar Astanov 1981 yilda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug’ilgan, millati o’zbek. Ma’lumoti oliy, 2003 yilda Samarqand kooperativ instituti va 2005 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlarini tamomlagan.

O’z faoliyatini 2005 yilda Aktsionerlik-tijorat bank “Paxta bank”ning Bektemir bo’limi Qimmatbaho qog’ozlar va tashqi iqtisodiy faoliyat bo’limi mutaxassisi lavozimida boshlagan.

2006 yildan O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Mirobod filialining Kreditlashtirish va investitsion loyihalar bo’limi etakchi mutaxassisi.

Z.Astanov Moliya vazirligi tizimida o’z faoliyatini Iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasining monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya sub’ektlarini narx orqali tartibga solish monitoringi bo’limi etakchi iqtisodchisi sifatida boshlagan.

2010-2019 yillarda ushbu boshqarmaning Xalq iste’moli mollari, savdo, xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy tartibga solish bo’limi boshlig’i o’rinbosari, keyinchalik Iste’mol bozori, savdo va xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy tartibga solish bo’limi boshlig’i.

Tayinlovga qadar, Z.Astanov O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iste’mol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari - Transport, kommunikatsiya va turizm sohalarini kompleks tahlili, moliyaviy va narxlarni tartibga solish bo’limi boshlig’i lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 03 Iyul 2020 16:22

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.