Diana Gardanova
03
Iyul 2020
172 marta ko'rildi

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

Concrete

Bo’riev Jasur G’afurovich O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

Jasur Bo’riev 1988 yilda Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy, 2010 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

J.Bo’riev o’z faoliyatini Jarqo’rg’on tuman hokimligining Moliya bo’limi Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo’limining Umumta’lim maktablari moliyaviy hisob-kitob jarayonlari shu’basi hisobchisi lavozimida boshlagan.

2012-2013 yillarda Sho’rchi tuman hokimligining Moliya bo’limi Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashirish bo’limining Umumta’lim maktablari moliyaviy hisob-kitob jarayonlari shu’basi hisobchisi bo’lib ishlagan.

2013-2014 yillarda Surxondaryo viloyat hokimligining Moliya boshqarmasi Byudjet ijrosi hisobi va hisoboti bo’limi boshlig’i-bosh hisobchisi o’rinbosari.

2014-2016 yillarda Termiz shahar hokimligining Moliya bo’limi Mudir o’rinbosari-byudjet bo’limi boshlig’i.

2016-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar jarayoni hamda byudjetlararo munosabatlarni tahlil qilish va baholash bo’limi bosh iqtisodchisi.

2017-2020 yillarda ushbu boshqarmaning Mahalliy byudjetlarning tuzilishini tashkil etish va ijrosini monitoring qilish  bo’limi bosh iqtisodchisi, bo’lim boshlig’i o’rinbosari va bo’lim boshlig’i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar, J.Bo’riev Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Byudjetni tuzish va g’aznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat uslubiyoti boshqarmasi Davlat byudjetini tuzish jarayonini takomillashtirish bo’limi boshlig’i lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 03 Iyul 2020 16:19

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -55 foydalanuvchi
2 - ball -15 foydalanuvchi
3 - ball -20 foydalanuvchi
4 - ball -21 foydalanuvchi
5 - ball -336 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi