Diana Gardanova
30
Iyun 2020
254 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Axborot hisoblash markazi” unitar korxonasi Direktori

Concrete

Djumaniyazov Ikram Karimbaevich O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Axborot hisoblash markazi” unitar korxonasi Direktori lavozimiga tayinlandi.

Ikram Djumaniyazov 1985 yil Qoraqalpog’iston Respublikasi, Beruniy tumanida tug’ilgan. Millati o‘zbek. Ma ‘lumoti oliy.

2008 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2011 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

O ‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo hisob-kitob markazi xalqaro hujjatli operatsiyalar boshqarmasida Eksport akkreditivlari va kafolatlar bo‘limi ikkinchi toifali mutaxassisi sifatida boshlagan.

2013-2015 yillarda O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi Metodologiya moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi Byudjetning g’azna ijrosi metodologiyasi bo’limining bosh mutaxassisi.

2015 yilda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasining Eksportdan tushadigan daromadlarni rejalashtirish va monitoring qilish bo ‘limining bosh iqtisodchisi lavozimida, keyinchalik ushbu boshqarmaning Jamlama-tahlil valyuta bo‘limi boshlig’i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016 yilda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamlanma axborot-tahlil boshqarmasining Nazorat bo’limi boshlig’i, 2017-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamlanma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig’i.

Tayinlovga qadar, O ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 30 Iyun 2020 17:08

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi