Diana Gardanova
25
Iyun 2020
2317 marta ko'rildi

O'zbekiston moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tishni

Concrete

O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari "Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) zamonaviy biznes va investitsiyalarda" II xalqaro onlayn-anjumanida ishtirok etishdi.

Concrete

Ushbu anjuman xalqaro moliyaviy hisobot standartlari sohasida bilim almashishga qaratilgan eng yirik platformalardan biri hisoblanadi. Konferensiya 24-26 iyun kunlari www.msfoconf.com saytida bo'lib o'tmoqda va O'zbekiston, Rossiya, Belarus, Litva, Qozog'iston, Gruziya, Ozarbayjon va Moldova kabi 8 davlatdan 50 ming mutaxassisni birlashtiradi. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, tartibga solish, ishonchliligi va oshkoraligi, unga koronavirus pandemiyasining ta'siri va korporativ hisobot sohasida global tadqiqotlar o'tkazish masalalari ko'tarilishi ko`zda tutilgan.

Mamlakatimiz uchun mavzuning dolzarbligi 2021-yildan boshlab yirik soliq to'lovchilar bo'lgan mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari va yuridik shaxslar xalqaro moliyaviy hisobot standartlari IFRSga o'tishlari shart ekanligi bilan izohlanadi. Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi "Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bilan belgilangan.

Anjumandagi muhokamalar doirasida, asosiy mavzularidan biri mamlakatimizda XMHSni joriy etish bo’ldi. Moliya vaziri o'rinbosari Dilshod Sultanov "O'zbekistonning XMHS asosida buxgalteriya hisobini isloh qilish" mavzusida taqdimot qildi.

Concrete

- Hukumat global iqtisodiyotga integratsiyani jadallashtirish kursini amalga oshirmoqda. Ushbu maqsadga raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratish orqali erishish mumkin, bu yo`lda muhim tarkibiy qismlardan biri xorijiy sheriklar ishonadigan yuqori sifatli moliyaviy ma'lumotlarning mavjudligi. Bunday ishonchga XMHS asosida hisobot berish orqali erishish mumkin, - dedi D. Sultanov. - Ularni joriy etish bo'yicha vakolatli organ sifatida Moliya vazirligi belgilanib, XMHSga bosqichma-bosqich o'tish va ushbu sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullari bo`yicha "yo'l xaritasi" tasdiqlandi. Ixtiyoriy ravishda o`z hisobotlarini XMHSga muvofiq tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq hisobotlarni taqdim etishdan ozod qilinadi. Vazirlik XMHS bilan milliy buxgalteriya standartlari va boshqa hisobot shakllariga muvofiqlashtirish, XMHS matnlarini tarjima qilish va ularga davlat tiliga o`girish ishlarini olib bormoqda.

Ta'kidlanganidek, bu yil XMHSni qo'llashga tayyorlanayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun o'tish davri hisoblanadi. Ularni tegishli tayyorgarlikka ega bo'lgan malakali mutaxassislar bilan ta'minlash talab etiladi va hozirda mamlakatdagi atigi 4 ta o'quv markazlari Xalqaro sertifikatlangan buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasining (ACCA) zarur akkreditatsiyasiga ega. Moliya vazirligi ACCA bilan boshqa institutlarni bosqichma-bosqich akkreditatsiya qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va ochiq kirish imkoniyati bo'lgan maxsus o'quv platformasini yaratish ko'rib chiqilmoqda. Moliya vazirligi, O'zbekiston Auditorlar palatasi va ACCA o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan, shu jumladan qo'shma harakatlar rejasini amalga oshirish ham ko’zda tutilgan.

Tadbirda auditorlar palatasi direktorlar kengashi raisi Ne'matulla Karimov va buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi Minovar To'laxodjayeva ham ishtirok etishdi. Ular xalqaro standartlarni tatbiq etish istiqbollari va o'z tashkilotlarining bu boradagi faoliyati haqida gapirib berishdi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 25 Iyun 2020 16:53

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi