Diana Gardanova
25
Iyun 2020
375 marta ko'rildi

Osiyo Taraqqiyot Bankining Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni bir ovozdan ma'qulladi

Concrete

2020 yil 25 iyun kuni Osiyo Taraqqiyot Bankining Direktorlar Kengashi koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun O’zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag’larini ajratish bo’yicha qarorni bir ovozdan ma’qulladi.

Ma’lumot uchun: 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablag’lari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik) Q spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.

Jalb qilinayotgan mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi va davlat byudjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.

Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag’larini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan Davlat qarziga xizmat ko’rsatish xatarlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko’ra, OTB tomonidan Respublika Davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 25 Iyun 2020 12:58

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi