Diana Gardanova
23
Iyun 2020
1936 marta ko'rildi

IFC tomonidan Ipoteka-bankiga uning хususiylashtirilishini qo'llab-quvvatlash hamda O'zbekistondagi kichik va o'rta biznesni kreditlashni ko'paytirish maqsadida 35 million AQSh dollari ajratmoqda

Concrete

Concrete

Toshkent, O'zbekiston, 2020 yil 22 iyun - Jahon banki guruhining tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka-bankining xususiylashtirilishini qo'llab-quvvatlash hamda O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni kreditlash ko`lamini kengaytirish uchun 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida, milliy valyutadagi zayomni taqim etadi. Shu bilan birga milliy valyutadagi moliyalashtirish, mamlakatdagi yetakchi davlat banklaridan birini raqobatdosh xususiy tijorat bankiga aylantirishda yordam beradi.

Concrete

Ushbu sarmoya IFCning O'zbekistondagi xususiylashtirish dasturini qo'llab-quvvatlash va davlat banklari soni ko'p bo'lgan mamlakatning bank sektoriga xususiy investitsiyalarni jalb qilishdagi strategik ustuvor yo'nalishlardan birini aks ettiradi. Kichik va o'rta biznesni kreditlash hajmini oshirish bilan bir qatorda, Ipoteka bankining qayta tranformatsiyasi boshqa davlat banklarini xususiylashtirish uchun namuna bo'lib xizmat qiladi va xususiy investorlarning O'zbekiston bank sektoriga faol jalb qilishda xizmat qiladi.

"O'zbekiston va IFC o'rtasidagi ushbu hamkorlik yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan bank tizimini isloh qilish strategiyasiga ham muvofiq" – Bosh-vazir o'rinbosari, Jamshid Qo`chqorov. "IFC tomonidan taqdim qilinayotgan moliyalashtirish, o'tgan uch yil davomida Ipoteka-bank tomonidan olib borilgan, bank operatsiyalarini tijoratlashtirish va uni mustaqil ravishda faoliyat ko'rsatadigan moliyaviy institutga aylantirishga qaratilgan choralarning muhim e'tirofidir".

Bank tizimini isloh qilish borasidagi sa'y-harakatlar doirasida, banklaridagi davlat ulushini investorlarga topshirish ko`zda tutilgan. Xususiylashtirish xususiy kapital, xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, natijada ushbu jarayon bank va uning mijozlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi vaqtda davlat banklarining O'zbekiston bank sektorida konsentratsiyasi yuqori; Mamlakatdagi 30 ta bankning beshtasi to'liq davlatga tegishli, qolgan sakkizta bankda esa davlatning 50 foiz ulushi mavjud.

IFCning Yevropa, Markaziy Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi bo'yicha vitse-prezidenti Jorjina Beykerning ta’kidlashicha: "IFCning moliyalashtirishi hamda so'nggi yillar mobaynida taqdim etilgan maslahat xizmatlari bilan bir qatorda, islohotlarni qo'llab-quvvatlash va O'zbekistonning moliyaviy sektorda xususiy sektor ishtirokini oshirish bo'yicha harakatlarning bir qismidir. Investitsiyalar Ipoteka-bankga xususiy sektorni kapitalga jalb qilish va mamlakatdagi kichik va o'rta biznesni kreditlashni kengaytirishga qaratilgan rejani samarali amalga oshirishda yordam beradi".

IFC Ipoteka-bank bilan 2017 yildan buyon bankning tijoraat faoliyatini, korporativ boshqaruvini va xavflarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish orqali institutsional transformatsiyasini maqsadida hamkorlik qilmoqda, bu esa ushbu investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi.

Markaziy Osiyoda aholi zichligi eng yuqori bo'lgan mamlakat misli ko'rilmagan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. IFC ushbu islohot jarayonini asosiy sohalarda investitsiya va maslahat xizmatlarini taqdim etish orqali qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda IFCning O'zbekistondagi investitsiya portfeli 53 million dollarni tashkil etadi, hamda moliya va to'qimachilik sohasidagi loyihalarni o'z ichiga oladi. IFCning maslahat dasturlari davlat korxonalarini, shu jumladan ikkita davlat banklarini xususiylashtirishda; paxta sohasini isloh qilish; moliya bozorini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish; sog'liqni saqlash va energetika sohalarida davlat va xususiy sheriklik aloqalarini amalga oshirishda yordam beradi.

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 23 Iyun 2020 09:53

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi