Diana Gardanova
18
Iyun 2020
1908 marta ko'rildi

BMT va O'zbekiston hukumati ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash borasidagi sa'y - harakatlarni birlashtirdi

Concrete

2020-yil 5-iyun kuni BMT hukumati va agentliklarining O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash bo'yicha qo'shma dasturi tomonidan videokonferensiya shaklida tashkil etilgan birinchi uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuv BMTning UNICEF, XMT va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash bo'yicha qo'shma dasturi doirasida tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvning kun tartibi 2030 yilgacha bo'lgan ijtimoiy himoya bo'yicha milliy strategiyani tayyorlash bo'yicha "Yo'l xaritasi" bo'lib, unda barcha O'zbekiston fuqarolariga hayot aylanish jarayonida daromad va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning yaxshilangan kafolatlarini ta'minlashga qaratilgan qo'shma harakatlar rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni  qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Pensiya jamg'armasi, kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi ish beruvchilar Konfederatsiyasi hamda BMT agentligi vakillari ishtirok etdi.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan uchrashuvda moliya vazirining o'rinbosari Sh.Sharaxmetov va Ijtimoiy soha, fan va ijtimoiy himoya sohalaridagi budjet siyosati departamenti direktori N.Muslitdinov ishtirok etdi.

Tomonlar ta'kidlaganidek, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash O'zbekiston Respublikasining 2020-yilgi harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturining ajralmas qismi bo'lib, koronavirus pandemiyasi sababli yanada dolzarb ahamiyatga ega.

Sh.Sharaxmetov ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida ijtimoiy himoya islohoti va Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish muhimligini ta'kidlab o’tdi.

Concrete

Moliya vazirining o'rinbosari, shuningdek, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan milliy harakatlar strategiyasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, aholining zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko'rsatishni yaxshilash va aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanini ta'kidladi. Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish 2020 yilgi harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha davlat dasturining punktlaridan biri hisoblanadi.

BMT agentliklari tomonidan O'zbekiston bilan ijtimoiy himoya sohasida ko'p yillik samarali hamkorlik va O'zbekiston hukumati sog'liqni saqlash sohasidagi ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ushbu islohotlar doirasida ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada va sog'liqni saqlashda koronavirus pandemiyasining oqibatlariga javoban choralarini yaratishga bajarilgan ishlar qayd etildi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 18 Iyun 2020 17:57

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi