Diana Gardanova
17
Iyun 2020
1559 marta ko'rildi

"Xalqaro emitentlar va investorlar forumi - Virtual 2020"

Concrete

Joriy yilning 16 iyun kuni “Euromoney Institutional Investor” tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro qarz oluvchilar va obligatsiya investorlari forumi - virtual 2020” (Global Borrowers & Bond Investors Forum – Virtual 2020) tadbirida O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari Odilbek Isakov onlayn ravishda qatnashdi.Concrete

Ma’lumot uchun: “Euromoney” 1969 yilda tashkil topgan bo’lib, Evropaning yirik moliya va biznes jurnallarini nashr etuvchi hamda tadbirlarni tashkillashtiruvchi tashkilot sanaladi.

Markaziy va Sharqiy Evropa suveren emitentlariga bag’ishlangan davra suhbatlarida O’zbekiston Respublikasi bilan bir qatorda Sloveniya, Litva, Ukraina Moliya vazirligi vakillari va “Raiffeisen Bank International” Kengash a’zosi qatnashib, o’zaro fikr almashdilar.

Telekonferentsiya davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari tomonidan Davlatimiz Rahbarining koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sirini yumshatish hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan samarali chora-tadbirlari,  pandemiya krizisining salbiy ta’siri oqibatida kutilayotgan iqtisodiy o’sish sur’atlari va 2021 yil kutilmalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, hozirgi kunlarda mamlakatimiz miqyosida keng ko’lamda olib borilayotgan, hatto krizis vaqtida ham to’xtamagan xususiylashtirish siyosatining sabablari, qolaversa, bank tizimi islohotlari, hamda krizis boshlangandan buyon Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan olib borilayotgan hamkorlik natijalari haqida davra suhbatlari doirasida fikrlar almashildi.

Qayd etish joizki, ko’plab noaniqlik va iqtisodiy xatarlar yuzaga kelayotgan bir vaqtda faol ravishda kerakli ma’lumotlarni taqdim qilish hamda mavjud savollarga javob berish uchun keng imkoniyat yaratgan mazkur telekonferentsiya xalqaro hamkorlar bilan munosabatlarning barqarorligini saqlab turishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan samarali choralar hamda davomli islohotlar bo’yicha ushbu nufuzli forumda ma’lumot berilishi xalqaro investor va banklar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlaydi. Shu bilan birga, istiqbolda xalqaro kapital bozorlarida xalqaro obligatsiyalar chiqarish hamda davlat banklari va korxonalarini IPO orqali xususiylashtirish uchun zamin tayyorlaydi.

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 17 Iyun 2020 15:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -74 foydalanuvchi
2 - ball -24 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -30 foydalanuvchi
5 - ball -491 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi