Diana Gardanova
16
Iyun 2020
6847 marta ko'rildi

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika Kengashining

Concrete

Joriy yilning 12 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbaeva rahbarligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha Respublika Kengashining ilk yig’ilishi videokonferentsaloqa shaklida bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini tashkil qilish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Ustuvor xalqaro reyting va indekslar, mamlakat hayotida o’ziga xos “kompas” vazifasini bajarib, shunga qarab amalga oshirilayotgan islohotlarning sifati va samaradorligini aniqlash, kelgusi qadamlarini prognozlashtirish imkoniyatini berishi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan hozirda xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini mustahkamlash masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda.

Jumladan, so’nggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy

va siyosiy-xuquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish bo’yicha Davlatimiz rahbarining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan.

O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash metodologiyalarining tahlili, ularda O’zbekistonga berilayotgan baholarga sabab bo’layotgan omillar o’rganib borilmoqda.

Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi.

Yig’ilish davomida Kengash ishchi organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohadagi reytinglar va indekslar bo’yicha amalga oshirilgan ishlari, mavjud muammolar, O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini oshirishga to’sqinlik qilayotgan masalalar

va kelgusida ijobiy natijalarga erishish bo’yicha takliflar to’g’risidagi axborotlari tinglandi. Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi joriy o’rni batafsil tahlildan o’tkazildi.

Shu bilan birga, Farmon bilan tegishli reyting va indekslarda samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlari (KPI)ga erishish uchun mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekistonning o’rnini yaxshilash yo’nalishida mahalliy davlat hokimiyati organlarining oldida turgan dolzarb masalalar ko’rib chiqildi hamda ustuvor yo’nalishlar ko’rsatib o’tildi.

Yig’ilish yakuni bo’yicha mamlakatimizning ilmiy tadqiqot muassasalarining xalqaro reytinglar va indekslarda baholanadigan sohalarda mavjud muammolarni o’rganish, ularni bartaraf etish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish borasidagi rolini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlari (KPI)

Mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash belgilandi:

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 16 Iyun 2020 10:18

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi