Diana Gardanova
15
Iyun 2020
2123 marta ko'rildi

"Munozaralar klubi" ning ilk sessiyasi

Concrete

Concrete

“Assalomu aleykum,

Xabaringiz bor kuni kecha davlat qarzi muhokamasiga bag‘ishlangan Munozaralar klubining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihani boshlaganimizda qaysi formatda o‘tkazishimiz haqida aniq bir rejaga ega emas edik. Bu loyihani amalga oshirish uchun oylar davomida harakat qildik.

Birinchi sessiyada ishtirok etish istagini bildirganlar ro‘yhatini ko‘rib, hayratda qoldim - nafaqat mahalliy va xalqaro ekspertlar hamda xalqaro moliya institutlari vakillari, balki ommaviy axborot vositalari va blogerlar, iqtisodiyot olimlari ham katta qiziqish bildirishdi.

Ushbu tadbirni dam olish kunida o‘tkazilishiga qaramay ishtirok etganliklari uchun barchaga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Mustaqil ekspertlar o‘z pozitsiyalarini ifoda etdilar, xalqaro tajriba asosida o‘z fikrlarini bildirdilar, olimlar, yosh iqtisodchilar o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Muhokama turli qarama-qarshi fikrlar ruhida bo‘lib o‘tganligi Prezidentimiz tomonidan tanlangan ochiqlik vektori eng ishonchli siyosat ekanligining namunasidir. Birgalikda konstruktiv muloqot olib borib, masalalarning ijobiy va salbiy tomonlarini baholagan holda barcha yo‘nalishlarda to‘g‘ri yechim topa olamiz.

Kelgusida tadbir formati va muhokama qilinadigan mavzularni takomillashtirish davom ettiriladi. Bularning barchasi o‘zingizning qo‘lingizda, chunki Munozara klubi platformasida har bir ovoz o‘z ahamiyatiga ega”.

Hurmat bilan

Moliya vaziri

Timur Ishmetov

Concrete

Ma'lumot uchun:

2020 yil 13 iyun kuni "Tashqi qarz: munozara va tahlil" mavzusida "Munozara klubi"ning birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Tadbir mustaqil ekspertlar,yetakchi iqtisodchilar, OAV vakillari va bloggerlarni bir maydonchada yig’di. Xususan, ular orasida:

Bosh vazir o'rinbosari-Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov, Moliya vaziri - Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi-Mamarizo Nurmuratov kirish so'zi bilan tadbirni boshlashdi.

Concrete

Mustaqil ekspert sifatida Abdulla Abduqodirov, Nishonboy Sirojiddinov, Nodir Jumayev, Dilshodxon Rahmonov, Rauf Salohojayev, Omonjon G'aniyev, Zohidjon Asqarov, Jamshid Muslimov va iqtisodchisi Otabek Bakirov ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar orasida xalqaro ekspertlar Danny Leipziger va Janiffer Murtazashvili ham qatnashishdi.

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Reyting agentliklari vakillari: Erik Arispe Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi suveren guruhining katta direktori Maksiimilian Makgrov - "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining suveren reyting guruhi bosh tahlilchisi va boshqalar ishtirok etishdi.

 Ushbu sessiya haqida batafsil ma'lumotni bizning keyingi materiallarimizdan bilib olishingiz mumkin.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 15 Iyun 2020 10:54

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi