Diana Gardanova
12
Iyun 2020
2493 marta ko'rildi

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi takomillashtirilmoqda

Concrete

Bugungi kunda zamonaviy audit tabdirkorlik faoliyatining alohida turi hisoblanib, u investorlar va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash orqali jamoat mafaatlarini qondirishga qaratilgan. Shu sababli, rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda respublikamizda auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ishlab chiqildi.

Qonun loyihasining tashabbuskori va ishlab chiquvchisi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda qonun loyihasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko’rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasini ko’rib chiqishda deputatlar tomonidan ayrim normalarga aniqliq kiritish, ayrim normalarni kengaytirish, ba’zi normalarni qisqartirish va xalqaro tajribadan kelib chiqib ayrim normalarni boyitish bo’yicha takliflar bildirilmoqda.

Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni hisobga olgan holda qonun loyihasini yanada takomillashtirish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan 2020 yil 10 iyun kuni auditorlar, xalqaro auditorlik tashkilotlari, auditorlarning professional jamoat birlashmalari va boshqa soha mutaxasislari ishtirokida onlayn tarzda “davra suhbati” o’tkazildi.

Uchrashuvda moliya vazirining o’rinbosari Dilshod Sultanov auditorlarning professional jamoat birlashmalariga a’zo bo’lish, malaka imtihonlarini o’tkazish tartibini takomillashtirish, auditorlik tashkilotlariga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini takomillashtirish masalalariga to’xtalib o’tdi va davra suhbati ishtirokchilar bilan ushbu masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilari auditorlik faoliyatini auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, auditorlik faoliyatini litsenziyalashdan voz kechish, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini nazoratdan o’tkazish, auditorlarning kasb ahloq qoidalariga rioya qilishini ta’minlash va auditning xalqaro standartlarini joriy etishda jahonning ilg’or tajribalarini qo’llash bo’yicha auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini faollashtirish masalalariga atroflicha to’xtalishdi.

Davra suhbati ishtirokchilari, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashning asosiy omili sifatida auditorlik faoliyati katta imkoniyatlarga ega ekanligini inobatga olgan holda ilg’or xorijiy tajriba asosida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati loyihasini yanada takomillashtirish va auditorlarning professional etika printsiplariga qa’tiy rioya etish zarurligini ta’kidlashdi.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 12 Iyun 2020 18:07

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi