Diana Gardanova
12
Iyun 2020
385 marta ko'rildi

O‘zbekistonda Davlat investisiyalarini boshqarish tizimini baholashni (PIMA) o'tkazish

Concrete

Joriy yil 10 iyunida Moliya vazirligi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ)ning ekspertlari o’rtasida bo’lib o’tgan videotelekonferentsiya doirasida tomonlar XVJ tomonidan O’zbekistonda Davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini baholashni (PIMA) o’tkazish bo’yicha tayyorgarlikni muhokama qildilar. Ma’lumki, ilgari XVJ bilan O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan hamkorlik doirasida O’zbekistonda PIMA bo’yicha baholashni o’tkazish to’g’risida kelishuvga erishilgan.

PIMA baholash tizimi nima?[1]

Davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini baholash (PIMA) o’xshash guruhlar bilan solishtirish va muayyan davlatlarga moslashtirilgan tavsiyalar beruvchi davlat investitsiyalarini boshqarish tizimining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlab beruvchi baholash tizimi hisoblanadi.

PIMA tarkibi

PIMA tarkibi institutsional tuzilmani va «institutlar» deb nomlangan 15 ta muhim amaliyotni va davlat investitsiyalari tsiklining uchta muhim bosqichlarini o’z ichiga olgan rejalashtirish, taqsimlash [mablag’larni] hamda amalga oshirish davri davomida qarorlarni qabul qilishni shakllantiruvchi infrastrukturani boshqarish tizimining uchta keng tarqalgan omillarining samaradorligini tadqiq qiladi.

PIMAning afzalligi

To’liqlilik. Makrofiskal nuqtai nazardan investitsiyalarni rejalashtirish jarayonidan boshlanib, o’rta muddatli byudjetni taqsimlash va loyihani amalga oshirish bilan yakunlanuvchi davlat investitsiyalarining barcha tsikllarini baholash imkonini beradi.

Foydalanish imkoniyati. Mamlakatlarga mavjud kamchiliklarni va islohotlarning ustuvor yo’nalishlarni aniqlab olishga ko’mak berish bo’yicha olingan natijalarni samarali tarqatishni ko’zda tutadi.

Qulaylik. Mamlakatning o’ziga xos ehtiyojlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniq xulosa va tavsiyalar beriladi. Tavsiyalar islohotlarni o’tkazishda ustuvor yo’nalishlarni aniqlagan holda bosqichma-bosqich harakatlar rejasida umumlashtiriladi.

Muvofiqlashtirishni ta’minlash. Rivojlantirish bo’yicha hamkorlar tomonidan yanada muvofiqlashtirish va kelgusida qo’llab-quvvatlash bo’yicha turtki beradi. Hamkorlarga mamlakat strategiyasi bo’yicha muvofiqlashtirish va moliyaviy resurslarni safarbar etish imkonini beruvchi davlat investitsiyalari sohasidagi mavjud muammolarni aniqlashda ularning umumiy xulosaga kelishlari uchun xizmat qiladi.

Hozirgi kunda, XVJ PIMA bo’yicha baholashni 63 ta mamlakatda (jumladan Qirg’iziston Respublikasi, Moldova va Mongoliya) o’tkazgan, shuningdek 5 ta mamlakatda baholashni o’tkazish rejalashtirilgan.

O’tkazilgan muhokamalar doirasida tomonlar o’tkaziladigan PIMA bo’yicha baholash yuzasidan kelgusidagi bosqichlar va tayyorgarlik uchun zaruriy chora-tadbirlar aniqlab olindi. COVID-19 tarqalishi bilan bog’liq xavf-xatarlarning hanuzgacha saqlanib qolganligini hisobga olgan holda baholash XVJ ekspertlari tomonidan masofadan turib amalga oshiriladi. Baholashni o’tkazishning aniq vaqtiga yaqin kunlarda aniqlik kiritiladi (dastlabki kelishuvga ko’ra joriy yilning avgust-sentyabr oylari).

 

[1] Public Investment Management Assessment (PIMA). Strengthening Infrastructure Governance. IMF

 

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 12 Iyun 2020 10:06

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi