Diana Gardanova
25
Noyab 2021
340 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Axborot-hisoblash markazi” endilikda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Axborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi deb yuritiladi

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi 1979-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2021-yilgacha salmoqli 42-yillik faoliyat yo‘lni munosib bosib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-aprelda PQ-4699-sonli “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5- oktabrda PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya tizimini rivojlantirish va raqamlashtirish yo‘lida katta islohotlarni amalga oshirmoqda. Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi Moliya sohasida ko‘plab axborot tizimlarni, elektron platformalarni, veb portallarni ishlab chiqdi va takomillashtirish ustida doimiy ravshda samarali faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda islohotlar ijrosi davomi sifatida Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi davlat unitar korxonasi o‘zining yangi nomiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 22-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining ustavini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi 153-sonli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi” davlat unitar korxonasi - “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi deb nomlandi. 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 25 Noyabr 2021 15:04

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -101 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -698 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi