Diana Gardanova
14
Okt 2021
457 marta ko'rildi

YeTTB vakillari bilan O‘zbekistonda derivativlar bozorini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv

Concrete

Joriy yilning 12-oktabr sanasida Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki g‘aznachiligi boshqaruv direktori Axel van Nederveen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Concrete

Uchrashuvda shuningdek, Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Murodbek Atadjanov, Xatarlarni boshqarish va xedjirlash masalalari bo‘yicha konsultant Nodirbek Sobirov va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan Portfel boshqaruvi departamenti boshlig‘i Aude Pacatte, Portfel boshqaruvi departamenti treyderi Azamat Mauilsharip hamda YeTTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Jahan Shamsiev va bir qator mas'ul xodimlar ishtirok etdilar.

Concrete

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda derivativlar bozorini rivojlantirish, moliya bozori samaradorligini oshirish va yangi kapital bozor instrumentlarini joriy etish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotini xorijiy valyutaga bog‘liqligini kamaytirish,qarz mablag‘larini milliy valyutada jalb qilish hamda xorijiy valyutadagi qarzlarni milliy valyutaga o‘girish orqali xorijiy valyutadagi to‘lovlar yukini kamaytirish yuzasidan fikr almashdilar. 

Concrete

Ushbu uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda ilk sinov svop operatsiyasini amalga oshirish maqsadida Xalqaro svop va derivativlar assosiasiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ISDA bosh kelishuvini imzolashdi.

Concrete

Uchrashuv yakunida, tomonlar yuqoridagi masalalar bo‘yicha doimiy ravishda birga ishlashga, muntazam ravishda uchrashib, hamkorlik borasidagi ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 
 
Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 14 Oktyabr 2021 12:00

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -668 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi