Diana Gardanova
14
Okt 2021
361 marta ko'rildi

Rossiya Federatsiyasining Moliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot moliya instituti delegatsiyasi Toshkentga tashrifi

Concrete

Rossiya Federatsiyasining Moliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot moliya instituti delegatsiyasining Toshkentga tashrifi yuzasidan

2017-yilda Rossiya Federasiyasi Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrtasida hamkorlik masalalari boʻyicha Memorraundum imzolangan. Ushbu memorandum doirasida 2021-yilda “Rossiya Federasiyasi Moliya vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat moliyasini boshqarish soxasida texnik kumak va ilmiy-metodik qullab-quvvatlash bo`yicha kelishuv”(keyingi oʻrinda- Kelishuv) keyingi 3 yil muddatga imzolandi.

Concrete

Kelishuvga muvofik Moliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislarini jalb qilgan xolda rejalashtirilgan tadbirlarni tashkillashtirish ishlarini amalga oshiradi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-29-oktabr kunlari Rossiya Federasiyasi Moliya vazirligi xuzuridagi Ilmiy tadqiqot moliya instituti( keyingi oʻrinlarda-NIFI)ning 35 nafardan iborat delegasiyasining Oʻzbekistonga tashrifi boshlandi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari Samvel Lazaryan O‘zbekistonning Moliya vazirligi hamkasblarini qutlar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekanligini ta’kidladi.

“2017-yildan buyon respublikada keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda va tashrif davomida muhokama qilinadigan barcha mavzular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hukumat va Moliya vazirligi oldiga qo‘ygan strategik vazifalarga to‘g‘ri kelganidan xursandman”, dedi Samvel Lazaryan.

Concrete

Ikki tomonlama hamkorlik dasturi o‘nta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, ularning har biri yuzasidan seminarlar va mahorat darslari rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ham qayd etdi: “Biz uchun boy dastur hisoblanadi, bunday imkoniyatdan foydalanib, barcha uchrashuvlar samarali va xodimlarimizga foydali bo‘lishi uchun harakat qilamiz”.

Concrete

Tashrif doirasida NIFI mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar, tajriba almashish sessiyalari, tashabbusli byudjet buyicha malaka oshirish kursi va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilmokda. Bunda Oliy Majlis Senati vakillari, tegishli vazirlik va idoralar xamda OAV vakillari qatnashishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida e'lon qilingan suhbat va ma'lumotlar haqida ham ma'lumot beriladi.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 

 

 

 
Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 14 Oktyabr 2021 10:18

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -101 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -698 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi