Diana Gardanova
12
Okt 2021
395 marta ko'rildi

Fransiya taraqqiyot agentligi vakillari bilan uchrashuv

Concrete

Joriy yilning 11-oktabr sanasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov Fransiya taraqqiyot agentligining davlat moliyaviy boshqaruvi bo‘yicha mutaxassisi Kom Desheri boshchiligidagi ekspertlar guruhi bilan videokonferensiya orqali uchrashuv o‘tkazdi.

Concrete

Mazkur uchrashuvda Fransiyaning taraqqiyot agentligining Toshkent shahridagi direktori Vinsent Kupen, agentlik davlat moliyasini boshqarish bo'yicha mutaxassisi Kom Desheri, shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxadjayev ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida “yashil budjet”, soliq siyosati, davlat xaridlari kabi jihatlarni o'z ichiga olgan “Yashil” siyosat dasturini tayyorlash masalalari va vazifalari muhokama qilindi.

Concrete

Shuningdek, uchrashuvda texnik qo'llab-quvvatlash, chuqur yashil iqtisodiyot va iqlim o'zgarishi, yashil siyosatni muvofiqlashtirish va boshqarish, strategik ekologik tahlil, “yashil qarz”, loyiha doirasida ifloslanish to'lovlarini isloh qilish, shuningdek, yashil obligatsiyalar va BRM obligatsiyalari masalalari muhokama qilindi. Tomonlar kelgusidagi uchrashuvlar va yaqin hamkorlik to'g'risida kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning muhimligini ta'kidlab, yuqorida qayd etilgan loyihalarni shakllantirish va amalga oshirishda hamkorlikni davom ettirish va kengaytirishga kelishib oldilar.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 

 

 
Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Oktyabr 2021 15:12

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -668 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi