Diana Gardanova
28
Sen 2021
210 marta ko'rildi

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishni o‘rganishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Concrete

Vazirlik tizimi xodimlarining makroiqtisodiyot yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Makroiqtisodiy tahlil” kursi tashkil qilindi. Mazkur kursning murakkabligini hisobga olib, o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida respublikamizda faoliyat yuritayotgan sohaning yetuk mutaxassislari jalb qilindi.

Concrete

Moliya vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun 2021-yil 28-sentabr kuni “Makroiqtisodiy tahlil” kursining dastlabki mashg‘uloti sifatida “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning modelli tahlili” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.  

Concrete

Mazkur seminar-treningni tashkil etishdan asosiy maqsad, xodimlarning iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida bir qator institutsional tarkibiy o‘zgarishlarni, xususan, mavjud makroiqtisodiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish, pul-kredit siyosati, budjet-soliq siyosati hamda to‘lov balansini, real iqtisodiy sektor va makroiqtisodiy jarayonlarning prognozlash va boshqalarga bo‘lgan talabini chuqur o‘rganish, iqtisodiy tejamkorlikni kuchaytirish masalalarini hal qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. 

Concrete

O‘tkazilgan seminar-treningda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining professori, iqtisod fanlari doktori S. V. Chepel  va  iqtisod fanlari doktori X. Q. Saydaliyev o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etib, taqdimot o‘tkazdi. Ular tomonidan “Xarajat ishlab chiqarish modeli: tahliliy salohiyat va yangi imkoniyatlar” hamda “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni umumiy muvozanat modellari asosida tahlil qilish” nomli mavzulari batafsil yoritib berildi.

Concrete

Mazkur seminar-trening ko‘tarinki ruhda olib borildi, shuningdek, seminar ishtirokchlari mavzuga oid foydali va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob va tushunchalar berildi, ayniqsa, makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy  modellari, institusional islohotlar va makroiqtisodiy siyosatning bog‘liqligi, asosiy makroiqtisodiy muammolarga doir masalalar muhokama markazida bo‘ldi.   

Endilikda “Makroiqtisodiy tahlil” o‘quv kurslari oktabr oyidan muntazam ravishda davom etadi.

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 29 Sentyabr 2021 18:03

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -668 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi