Diana Gardanova
28
Sen 2021
485 marta ko'rildi

Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot moliya instituti vakillari bilan uchrashuv

Concrete

Joriy yilning 27-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetov va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot moliya instituti (ITMI) direktori Vladimir Nazarov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda moliya vazirining o'rinbosari Axadbek Xaydarov , Budjet-soliq tadqiqotlari instituti direktori Jahongir Negmatov va ITMIning katta ilmiy xodimi Aleksey Popov ham ishtirok etdilar.

Concrete

Concrete

Uchrashuv boshida mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdilar. Suhbat davomida tomonlar 2018-2021-yillarda hamkorlik davrida amalga oshirilgan qator tadbirlarni, shuningdek kelgusi yillar uchun rejalarni muhokama qildilar.

Concrete

  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida 2021-2023-yillarda ikki tomonlama bitim doirasida davlat moliyasini boshqarish sohasidagi vazirlik va idoralar vakillari bilan maslahatlashuv tadbirlari, seminarlar va ishchi uchrashuvlar o'tkazish rejalashtirilgan :

  • dasturiy budjetlashtirish tamoyillarini joriy etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • ichki auditni takomillashtirish bo'yicha takliflar;
  • bojxona ma'muriyati tizimini takomillashtirish;
  • davlat xaridlari faoliyati va h. k.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar va minnatdorchilik bildirdilar.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 28 Sentyabr 2021 16:30

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -668 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi