Diana Gardanova
28
Sen 2021
611 marta ko'rildi

“Rothschild & Co” moliya kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Concrete

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Moliya vaziri Timur Ishmetov hamda “Rothschild & Co” moliya kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustambaev, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov va Davlat-xususiy sheriklikni Rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Nodir Nuritdinov ishtirok etdilar.

Concrete

Baron Erik de Rotshild boshchiligidagi delegasiya tarkibida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchi, “Rothschild & Co” kompaniyasi Kuzatuv kengashi a'zosi Ariel Malar de Rotshild, MDH davlatlari bo‘yicha ijrochi direktor Djovanni Sal'vetti, Ijrochi direktor Tibo Furkad, Moliyaviy institutlar bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha ijrochi diretkor Jil Kosteruss qatnashdilar.

Concrete

Uchrashuv boshida Baron Erik de Rotshildning 5 qit'a bo‘ylab xususiylashtirish va transformasiya jarayonlarida qo‘shgan hissasi va bu boradagi yuqori tajribasi alohida ta'kidlab o‘tildi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekistondagi hozirgi xususiylashtirish bilan bog‘liq islohotlar yuzasidan fikr almashinildi. Shu jumladan, Davlat korxonalarini transformasiya qilish va banklarning transformasiya jarayonini jadallashtirish yuzasidan so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida delegasiya vakillari tomonidan mamlakatimiz bozor mexanizmlarini va boshqa tarkibiy iqtisodiy o‘zgarishlarni kengaytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishning strategik maqsadlari e'tirof etilib, iqtisodiyotni rivojlantirish dasturining bir qismi sifatida, ayniqsa, sanoatni modernizatsiya qilish, infratuzilma ob'ektlari va energetika loyihalari bo‘yicha katta investisiya ehtiyojlari xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Concrete

O‘zbekiston barqaror makro-fiskal muhitini saqlab qolishi va davlat qarzining uzoq muddatli barqarorligini ta'minlashi lozimligi nuqtai nazardan, mamlakatda loyihalarni moliyalashtirishni osonlashtirish va tezlashtirish uchun yangi davlat moliya korporatsiyasini (“O‘zbekiston sanoatni rivojlantirish korporatsiyasi” yoki “INDECO”) tuzish uchun asos mavjud ekanligi qayd etib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning mavjud yo‘nalishlari bo‘yicha yaqindan ish olib borishga va mavjud tajribalar bilan bo‘lishishga kelishib oldilar.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 28 Sentyabr 2021 16:17

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -101 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -698 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi