Diana Gardanova
15
Sen 2021
392 marta ko'rildi

Ernst & Young kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv

Concrete

Moliya vazirligining Zangiota hududiy boshqarmasida Ernst & Young kompaniyasi vakillari hamda Moliya vazirligining biznes-jarayonlarini optimallashtirish loyihasi ishchi guruhi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Concrete

Ernst & Young tomonidan uchrashuvda O'zbekistonda konsalting amaliyoti bo'yicha hamkor Ruta Makarevichute, O'zbekistondagi biznes konsalting departamenti direktori Asqar Obidov, loyihasi menejeri Gulnara Moldaxmetov, maslahatchilar Kamola Zokirova, Kamila Yusupova, Fariza Negmatova, Albert Galimovlar ishtirok etdilar.

Concrete

Uchrashuvda loyihaning joriy bosqichlari, maqsadli operatsion modelni tanlash strategiyasi muhokama qilindi. Jumladan, Moliya vazirligining hududiy boshqarmasi tomonidan DMB axborot tizimida mavjud xatolarni bartaraf etish, joriy qog'oz hujjat aylanishini raqamlashtirish, Moliya vazirligining axborot tizimlarini optimallashtirish va ularni vazirlik va hududiy idoralar funksiyalarini takomillashtirish va yaxshilash uchun boshqa tuzilmalarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo'yicha takliflar taqdim etildi. EY xodimlari taqdim etilgan takliflar bo'yicha o'zlarining og'zaki sharhlarini berdilar va ularning ayrimlarini yuqori darajadagi muhokamalarga taklif qilishdi. Shuningdek, Ernst & Young kompaniyasi tomonidan Zangiota tumani hududiy boshqarmasida joriy ish va biznes-jarayonlarni tashkil etish bo'yicha ekspert baholanib, boshqaruv xodimlarining kundalik asosda yuzaga kelgan muammolar muhokama qilindi.

Concrete

Har ikki tomon mutaxassislari hamkorlikni yuqori darajada ta'kidladilar, shuningdek, loyiha doirasida belgilangan barcha maqsadlarga erishish uchun yaqin muloqotni davom ettirish istagini bildirdilar.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 15 Sentyabr 2021 10:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -98 foydalanuvchi
2 - ball -31 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -43 foydalanuvchi
5 - ball -628 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi