Diana Gardanova
14
Sen 2021
349 marta ko'rildi

Moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi budjet tashkilotlarida ishlovchi hodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha zaruriy ishlar amalga oshirmoqda.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini to‘laqonli ta'minlash maqsadida, G‘aznachilik bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida onlayn

ravishda ma'lumotlar almashinuvi tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 9-sentyabr kuniga G‘aznachilik tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi hodimlarning budjet mablag‘lari hisobidan avgust oyi ikkinchi yarmi uchun jami 2 341,9 mlrd. so‘mlik (97 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi.

Bulardan tashqari, xalq ta'limi sohasida ishlovchi xodimlarga jami 1 378,0 mlrd. so‘mlik mehnat ta'tili uchun to‘lovlar amalga oshirildi.

Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida budjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berilishi ta'minlanmoqda.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 14 Sentyabr 2021 15:42

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -98 foydalanuvchi
2 - ball -31 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -43 foydalanuvchi
5 - ball -628 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi