Diana Gardanova
14
Sen 2021
401 marta ko'rildi

Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) boshqaruvchi direktori Maxtar Diop bilan uchrashuv

Concrete

Joriy yilning 14-sentabr sanasida Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Moliya vaziri Timur Ishmetov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruv raisi Mamarizo Nurmatov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) boshqaruvchi direktori Maxtar Diop bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Concrete

Uchrashuvda, shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonulla Nasriddinxo‘jayev, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev va bir qator mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Concrete

Uchrashuv davomida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi o‘zgarishlar, pandemiyaga qaramay mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun amalga oshirilgan ishlar, YaIM ko‘rsatgichlarini oshirish mamlakat iqtisodiyot va valyuta bozorini erkinlashtirish, unda bozor munosabatlarini shakllantirish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, transformatsiya jarayonlari, kambag‘allik darajasini qisqartirish va aholi faravonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samarasi hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, Markaziy bank faoliyati, uning banklar xususiylashtirilishi va transformatsiyasi jarayonlarda tutgan o‘rni muhokama qilindi. Tomonlar yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlari, shamol va quyosh energiyalaridan foydalanish, mamlakat mashinasozlik sohasida elektromobillar ishlab chiqarish infrastrukturasini shakllantirish, inflatsiya darajasini kamaytirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo sohalari, sog'liqni saqlash, xususiy sektorga ko‘maklashish, yang ish o‘rinlarini yaratish, davlat xususiy sherikligi, bu boradagi amalga oshirilayotgan loyihalar, raqobat muhitini oshirish va samaradorlikni kuchaytirish borasida so‘z yuritdilar.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar yuqorida qayd e’tilgan masalalar yuzasidan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.

        Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

        Axborot xizmati

 

 
Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 14 Sentyabr 2021 15:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -98 foydalanuvchi
2 - ball -31 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -43 foydalanuvchi
5 - ball -628 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi