Diana Gardanova
20
Avg 2021
2050 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yil 1-yarim yillikda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lu…

Concrete

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yil 1-yarim yillikda budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag‘larning maqsadli foydalanilishi yuzasidan o‘tkazilgan 3 480 ta (2020 yilning 1-yarim yilida 2 010 ta) nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd.so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 313,7 mlrd.so‘mi budjetga tiklanishi ta'minlandi.

Hisobot davrida budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonun buzilish holatlari 120,1 mlrd.so‘mni, shundan naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish va kamomadlarga yo‘l qo‘yish holatlari 25,4 mlrd.so‘mni tashkil etgan.

Hisobot davrida vazirliklar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta'limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 455 ta nazorat tadbirlarining 336 tasida 65,2 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (21,5 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 3 martaga oshgan.

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida o‘tkazilgan 117 ta nazorat tadbirlarining 96 tasida 59,3 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020-yilning 1-yarim yilida 981 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 454 ta nazorat tadbirlarining 368 tasida 59,2 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (7 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 8,5 martaga oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 514 ta nazorat tadbirlarining 390 tasida 41,7 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yilning mos davriga (14,1 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,9 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 136 ta nazorat tadbirlarining 129 tasida 24,1 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020-yilning 1-yarim yilida 903 mln.so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Shuningdek, Suv xo‘jaligi (6,8 mlrd.so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (6,4 mlrd.so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta'limi (5,2 mlrd.so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (4,5 mlrd.so‘m), Qishloq xo‘jaligi (4,2 mlrd.so‘m), Mudofaa (3,2 mlrd.so‘m), Madaniyat (2,6 mlrd.so‘m) vazirliklari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish (4,7 mlrd.so‘m), O‘rmon xo‘jaligi (4,4 mlrd.so‘m), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish (3,1 mlrd.so‘m) davlat qo‘mitalari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (5 mlrd.so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (5,6 mlrd.so‘m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd.so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

 Hisobot davrida vazirlik va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:

Concrete

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 290 mlrd.so‘m miqdorida, jumladan Sirdaryo (52,8 mlrd.so‘m), Andijon (33,2 mlrd.so‘m), Jizzax (28,3 mlrd.so‘m), Toshkent (24,1 mlrd.so‘m), Farg‘ona (19,6 mlrd.so‘m), Surxondaryo (18,6 mlrd.so‘m), Qashqadaryo (15,6 mlrd.so‘m), Samarqand (15,5 mlrd.so‘m), Buxoro (11 mlrd.so‘m), Namangan (10,4 mlrd.so‘m), Xorazm (8,7 mlrd.so‘m), Navoiy (2,1 mlrd.so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (21,1 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,1 mlrd.so‘m) moliyaviy qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:

Concrete

Nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan choralar natijasida budjet muassasalarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalida ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish va boshqa noqonuniy xarajatlarning to‘xtatilishi hisobiga jami 52,9 mlrd.so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini asossiz sarflanishini oldi olindi.

Budjet qonunchiligini buzganligi uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 12 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib, ko‘rib chiqish uchun ma'muriy sudlarga yuborildi.

Shuningdek, 2 696 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 369,9 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Juma, 20 Avgust 2021 17:34

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -101 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -47 foydalanuvchi
5 - ball -698 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi