Diana Gardanova
19
Iyul 2021
292 marta ko'rildi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

Concrete

YeTTB ishtirokida yirik korxonalar va banklarni davlat ulushi bilan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonullo Nasritdinxodjaev va sohalar bo‘yicha Departament direktorlari Xurshed Mustafaev va Ajiniyaz Kaypnazarov, shuningdek, YeTTB tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha boshqaruvchi direktor Jujanna Xargitay hamda YeTTB ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinoslar ishtirok etdilar.

Concrete

Uchrashuv mobaynida Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi korxona va banklarni isloh qilishda YeTTBning o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi banklarning transformasiyasi jarayonida, jumladan, “Sanoat va qurilish banki - “UzPSB”, “Aloqa bank” va “Asaka bank” YeTTB tomonidan olib boriladigan ishlar hamda mazkur transformasiya jarayonini boshlash uchun O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayonlar muhokama qilindi.

Concrete

Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davomida davlat ishtirokidagi korxonalardagi boshqaruv salohiyatining sifati muhim ahamiyatga ega ekanligi, aksariyat korxonalarda korporativ boshqaruv tizimi yetarlicha darajada tashkil etilmaganligi ta'kidlab o‘tildi. Davlat ishtirokidagi banklarni isloh qilish jarayonini muvoffaqiyatli amalga oshirilishi tomonlar uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, davlat ulushi ishtirokidagi korxona va banklarning transformasiyasi jarayonida YeTTB tomonidan har tomonlama yordam ko‘rsatilishiga kelishildi.

Moliya vazirligi 

Axborot xizmati

 

 
Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 19 Iyul 2021 16:00

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -92 foydalanuvchi
2 - ball -28 foydalanuvchi
3 - ball -38 foydalanuvchi
4 - ball -42 foydalanuvchi
5 - ball -604 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi