Elyor Nazarov
14
Iyul 2021
681 marta ko'rildi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va imtihon xarajatlari qoplandi

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 yanvardagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom”ga muvofiq moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo‘yicha o‘qitish hamda buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida (“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) imtihonlarni topshirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qoplash tartibi belgilangan.

Concrete

Concrete

 Bugunga qadar Moliya vazirligi tomonidan MHXS bo‘yicha o‘qitish va imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplanishi yuzasidan o‘quv markazlari va talabgorlarga 167 187 166 so‘m (bir yuz oltmish etti million bir yuz sakson etti ming bir yuz oltish olti) miqdorida qoplandi.

 Bundan MHXS bo‘yicha o‘qitish xarajatlarini qoplanishi bo‘yicha kelib tushgan arizalar bo‘yicha jami 138 180 000 (bir yuz o‘ttiz sakkiz million bir yuz sakson ming) so‘m qoplab berildi.

 Shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari bo‘yicha dastlabki ro‘yxatdan o‘tish hamda imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari qoplanishini so‘rab murojaat qilgan talabgorlarga (pedagog kadrlar, talabalar va davlat organi xodimlari) jami 29 007 166 (yigirma to‘qqiz million etti ming bir yuz oltmish olti) so‘m qoplab berildi.

 Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplanishi yuzasidin Moliya vazirligining Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta manziliga ariza bilan murojaat etishingiz mumkin.

 Qo‘shimcha ravishda MHXS bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan “Norma” Professional rivojlanish markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan ifrs.academy onlayn-platformasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” o‘quv kursi boshlanganligini ma’lum qilamiz. 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -668 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi