Elyor Nazarov
21
Iyun 2021
466 marta ko'rildi

Soliq qonunchiligiga o‘zgarishlar kiritilmoqda

Concrete

 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4555-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 30 martda 2771-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 

 103-105-moddalariga asosan ortiqcha to‘langan soliqlarni hisobga olish va qaytarish bo‘yicha kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlardan kelib chiqib qaror loyihasi ishlab chiqildi.

 Jumladan, ortiqcha to‘langan (ortiqcha undirilgan) soliqlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish bo‘yicha soliq to‘lovchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida soliq organining qaror qabul qilinib, bu haqida soliq to‘lovchini uch kun ichida xabardor qilinishi;

 yanglishib to‘langan soliq summalari, shuningdek penyalar va (yoki) jarimalar soliq to‘lovchiga uning yoxud bankning yoki O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligining yozma murojaati asosida, agar xatolik ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, qaytarilishi belgilandi.

 Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

 ortiqcha to‘langan (ortiqcha undirilgan) soliqlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish bo‘yicha soliq organining qaror qabul qilinishi;

 sud hujjatlari va soliq organining qarorlariga asosan majburiy ijro byurosi tomonidan undirilgan soliq va yig‘imlarni byudjetga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi namunasi;

 ortiqcha to‘langan (ortiqcha undirilgan) yoki xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summalarini boshqa soliq qarziga hisobga olish bo‘yicha tayyorlangan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan oshmagan topshiriqnoma va qarorlarni G‘aznachilik bo‘limlariga avtomatik yuborish;

 ijroga qabul qilingan topshiriqnoma va qarorlarni soliq organining murojaatiga asosan vaqtinchalik to‘xtatib turilishi yoki qaytarilishi;

 5 ish kuni mobaynida hisob raqamlarda joriy tushumlar etishmagan topshiriqnoma va qarorlarning ijrosini tegishli byudjetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilishi.

 Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-son qarori va Soliq kodeksining 103-105-moddalari talablari bajariladi, ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliqlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish muddatlari qisqaradi, soliq organining mas’uliyati oshiriladi va tizim avtomatlashadi.


Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 21 Iyun 2021 17:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -92 foydalanuvchi
2 - ball -28 foydalanuvchi
3 - ball -38 foydalanuvchi
4 - ball -42 foydalanuvchi
5 - ball -604 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi