Diana Gardanova
10
Iyun 2021
386 marta ko'rildi

Moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi budjet tashkilotlarida ishlovchi hodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha zaruriy ishlar amalga oshirmoqda.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini to‘laqonli ta'minlash maqsadida, G‘aznachilik bilan budjet tashkilotlari o‘rtasida onlayn ravishda ma'lumotlar almashinuvi tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 8-iyun kuniga G‘aznachilik tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi hodimlarning budjet mablag‘lari hisobidan may oyi ikkinchi yarmi uchun jami 2 966,1 mlrd. so‘mlik (100 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi.

Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida budjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berilishi ta'minlanmoqda.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 10 Iyun 2021 11:16

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -88 foydalanuvchi
2 - ball -28 foydalanuvchi
3 - ball -36 foydalanuvchi
4 - ball -40 foydalanuvchi
5 - ball -573 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi