Diana Gardanova
04
May 2021
208 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan

Concrete

Pensiya ta'minoti tizimida fuqarolar ovvoragarchiligiga sabab bo‘luvchi muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

 I. Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

 1. 2022-yil 1-iyuldan boshlab:

a) mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi va harbiy xizmat davri ma'lumotlari Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta'minoti bilan bog‘langan holda “Yagona mehnat milliy tizimi” orqali elektron tarzda olinadi.

Hozirda ushbu tizimda 523 ming vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning 4,8 mln ishchilari ish haqi va ish stajiga oid ma'lumotlari shakllangan;

b) davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etiladi.

Kelgusida fuqarolarga pensiya bo‘limlariga kelmasdan ularning elektron murojaatlari asosida pensiya tayinlash imkoniyati yaratiladi;

v) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliygohda o‘qiganligi hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.

2. 2022 yil 1 yanvardan boshlab:

a) pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni aholiga yetkazib berish har 3 yilda xududlarda alohida tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, banklar va ixtisoslashgan tashkilotlarning ma'lumotlar bazasi Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta'minoti bilan bog‘lanadi.

3. 31 ta banddan iborat  Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda, unga ko‘ra:

a) vazirlik, idora va korxonalarda ishlagan sobiq ishchilarni ish haqi va harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi ma'lumotlari “Yagona mehnat milliy tizimi”da to‘liq shakllantiriladi;

b) oila tarkibi, jumladan qarindoshlik darajasi (oila tarkibi,  er-xotin, ota-ona va farzandlari) bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi;

v) 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar to‘g‘risida tibbiy xulosalar elektron bazasi yaratiladi;

g) chet elga doimiy yashash uchun ko‘chib ketayotgan fuqarolarning elektron ma'lumotlarini “Pensiya” axborot tizimiga avtomatik yuborish mexanizmi joriy etiladi;

4. Yangi tizimni joriy etilishi Pensiya jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishni talab etadi. Shu sababli, Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalarida cheklangan shtat birliklari doirasida (jami 1 075 nafar boshqaruv xodimlari):

a) markazlashtirilgan buxgalteriya tuzilmoqda va shu munosabat bilan tuman (shahar) bo‘limlardagi mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sho‘'balari faoliyati tugatilmoqda;

b) pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish bo‘limlari tashkil etilmoqda;

v) ichki audit xizmatlari va yuridik byuro faoliyati yo‘lga qo‘ylmoqda.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 04 May 2021 13:56

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -81 foydalanuvchi
2 - ball -27 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -38 foydalanuvchi
5 - ball -537 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi