Diana Gardanova
03
May 2021
709 marta ko'rildi

“JP Morgan Development Finance Institution” tuzilmasining 2020-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi xalqaro obligasiyalari tranzaksiyasi aks etdi

Concrete

Joriy yilning 27-aprel kuni “JP Morgan Development Finance Institution” (JP Morgan DFI) tuzilmasi tomonidan 2020-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobot e'lon qilindi. Mazkur hisobotda 2020-yil 19-noyabrda “taraqqiyot moliyasi” maqomi (Development Finance Qualification) bilan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi ilk xalqaro obligasiyalari tranzaksiyasi taraqqiyotga bo‘lgan ta'siri “yuqori darajada” baholangan na'munaviy tranzaksiya sifatida ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz, “JP Morgan DFI” tuzilmasi milliy valyutadagi xalqaro obligasiyalar tranzaksiyasida taraqqiyot moliyasini tuzilmalashtirish bo‘yicha maslahatchi (Development Finance Structurer) bo‘lib, tuzilma tomonidan ushbu tranzaksiyaning rivojlanishga bo‘lgan ta'siri “taraqqiyot moliyasi” uslubiyoti asosida tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, tranzaksiyaning taraqqiyotga bo‘lgan ta'siri tuzilma tomonidan “yuqori darajada” baholangan.

Xalqaro obligasiyalardan tushgan 2 trln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish xususan, kambag‘allikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini va sifatli ta'limni targ‘ib qilish, gender tengligi ta'minlanishini jadallashtirish, toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, munosib mehnat sharoiti va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilma barqarorligini oshirish, bo‘yicha rivojlanish loyihalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Qarz mablag‘laridan foydalanishda samaradorlik va shaffoflikni oshirish maqsadida “JP Morgan DFI” tuzilmasi bilan hamkorlikda saralangan rivojlanish loyihalarining amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha yillik hisobot Moliya vazirligi veb-saytida joylashtiriladi va xalqaro investorlarga taqdim etib boriladi. Amalga oshirilgan loyihalarning aholi turmush darajasini yaxshilashga bo‘lgan ta'siri mazkur hisobotda aks ettiriladi.

Batafsil: PDF 6.72MB

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 03 May 2021 10:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -81 foydalanuvchi
2 - ball -27 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -38 foydalanuvchi
5 - ball -537 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi