Diana Gardanova
07
Apr 2021
496 marta ko'rildi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish jarayoni davom etmoqda

Concrete

MHXS hujjatlarining tarjima loyihasi yuzasidan jamoatchilikning fikrini o‘rganish va takliflar olish (feedback) maqsadida MHXS hujjatlari Moliya vazirligining veb saytida e'lon qilib borilmoqda. 

Bugunga qadar 26 ta MHXS hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasi loyihasi Moliya vazirligining veb saytiga joylashtirildi. Mazkur hujjatlar yuzasidan jamoatchilikning ma'noviy, imloviy va grammatik jihatdan o‘rganib chiqilgan o‘rinli taklif va mulohazalari kelib tushmoqda. MHXS hujjatlarining tarjimasi loyihasi yuzasidan berilgan asosli takliflar ularni asl ma'nosida qo‘llash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

 Joriy haftada MHXS hujjatlarining bevosita foydalanuvchilari va jamoatchilikning fikrini o‘rganish va takliflar olish (feedback) uchun quyidagi 3 ta MHXS hujjatini davlat tilidagi tarjimasi loyihasi Moliya vazirligining veb saytiga joylashtirildi:

1. 27-сон Бухгалтерия ҳисобининг халқаро стандарти Алоҳида молиявий ҳисобот;

2. 6-сон Молиявий ҳисоботнинг ҳалқаро стандарти  Фойдали қазилмаларни геологик қидириш ва баҳолаш;

3. 23-сон МҲХСШҚ шарҳи Фойда солиғини ҳисоблаш тартибига нисбатан ноаниқликлар.

Mazkur MHXS hujjatlarini davlat tilidagi tarjimasi yuzasidan fikr va mulohazalarni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

MHXS hujjatlarini davlat tilidagi tarjimasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Moliya vazirligi

Axborot xizmai

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 07 Aprel 2021 09:55

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -35 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi