Diana Gardanova
26
Fev 2021
187 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi

Concrete

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan, Oliy Majlis Senati tomonidan 2021-yil 5-fevralda ma'qullangan O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni 2021-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Mazkur Qonun, zamonaviy talablarga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga, auditorlik kasbining nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lib pirovard natijada jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Qonunda xalqaro prinsiplar va ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqib auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish nazarda tutilgan. Eng muhimi ushbu hujjat auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yagona me'yoriy hujjat ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan Qonun sifatida qabul qilindi. 

 Qonun quyidagi yo‘nalishlardagi muhim masalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi, jumladan: 

 - auditorlik faoliyatini faqat Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish;

 - auditorlik faoliyatini lisenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarish;

 - majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi zarur bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish; 

 - auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish;

 - auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini qo‘llash sohasidagi faolligini oshirish; 

 - manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga yo‘naltirilgan auditorlar professional faoliyatining ahloq qoidalarini joriy etish. 

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, maxsus vakolatli davlat organi sifatida Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda, moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish.

Shuningdek, auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining miqdoriga bo‘lgan talab bekor qilindi, biroq auditorlik tashkilotidagi auditorlarning eng kam soni kamida to‘rt nafar bo‘lishi belgilandi, hamda bitta xo‘jalik yurituvchi sub'ektda auditorlik tekshiruvini ketma-ket yetti yilgacha o‘tkazishga ruxsat berildi va boshqalar.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Juma, 26 Fevral 2021 17:16

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.