Diana Gardanova
26
Fev 2021
212 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi

Concrete

Pazilxanov Umid Alisherovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Umid Pazilxanov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy, 2007-yilda Toshkent moliya instituti bakalavriyati, 2009-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.          

Mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimligi moliya bo‘limi byudjet bo‘yicha 1-toifali iqtisodchisi sifatida boshlagan.

2009-2011-yy. Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasi xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limining markazlashgan ta'minot hisobini yuritish sektori mutaxassisi,
2011-2013-yy. Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasi aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy sohani moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2013-2014-yy. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi, 2014-2017-yy.  O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparat Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boqarmasi Huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish bo‘limi bosh iqtisodchisi sifatida faoliyat yuritgan. 

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Birinchi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Juma, 26 Fevral 2021 12:29

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.