Pazilxanov Umid Alisherovich O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Umid Pazilxanov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy, 2007-yilda Toshkent moliya instituti bakalavriyati, 2009-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimligi moliya bo‘limi byudjet bo‘yicha 1-toifali iqtisodchisi sifatida boshlagan.
2009-2011-yy. Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasi xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limining markazlashgan ta'minot hisobini yuritish sektori mutaxassisi,
2011-2013-yy. Toshkent viloyati hokimligi moliya boshqarmasi aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy sohani moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2013-2014-yy. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi, 2014-2017-yy. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparat Mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boqarmasi Huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish bo‘limi bosh iqtisodchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Birinchi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati