Diana Gardanova
23
Fev 2021
290 marta ko'rildi

LINPICO SARL xalqaro konsalting tashkiloti ishtirokida “Dasturiy budjetlashtirish” tizimini joriy etish

Concrete

Joriy yilda Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida xalqaro ekspertlar tanlovi o‘tkazildi.

Loyihani o‘tkazishdan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi “2020–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 506-son qaroriga muvofiq “Natijadorlikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish” tizimini joriy etish bo‘yicha dastlabki bosqichda “Dasturiy budjetlashtirish”ni joriy qilish belgilangan bo‘lib, mazkur tizimni joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining

“2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4938-son Qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining maqsadli indikatorlari tasdiqlanishidir. Mazkur Qarorda Moliya vazirligi 2022-yil uchun Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda barcha vazirlik va idoralarning budjet xarajatlarining maqsadli indikatorlarini belgilash va  maqsadli rejalashtirish tizimini joriy qilish belgilangan.

Loyihada ishtirok etgan xalqaro LINPICO SARL (Fransiya) konsalting tashkiloti tanlov g‘olibi deb topildi. Shu yilning 10 fevral kuni tomonlar o‘rtasida shartnomalar imzolandi hamda
22- fevral kuni o‘zaro tanishuv marosimi o‘tkazildi.

Tanishuv marosimida ishtirok etgan konsalting tashkiloti ekspertlari tomonidan kelgusi 20 oy davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar kelishib olindi. Shuningdek, islohotlar natijasida vazirlik va idoralarga Davlat budjetidan rivojlantirish dasturlari ijrosi uchun ajratiladigan mablag‘larning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari (maqsadli indikatorlar) belgilanishi, ularning samaradorligi va natijadorligini  ta’minlash ko‘zda tutilgan.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 23 Fevral 2021 14:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -72 foydalanuvchi
2 - ball -24 foydalanuvchi
3 - ball -33 foydalanuvchi
4 - ball -29 foydalanuvchi
5 - ball -488 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi