Diana Gardanova
22
Fev 2021
324 marta ko'rildi

Respublika kengashining 2020-yil sarhisobi va 2021-yil uchun rejalarga bag‘ishlangan 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Concrete

2021-yil 22-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Kengash raisi-T.Narbayeva boshchiligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishning kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan birinchi masala bu 2020-yilning sarhisobi bo‘ldi. 2020-yilda mamlakatimiz uchun ustuvor bo‘lgan jami 13 ta xalqaro reytingda O‘zbekistonning o‘rni yaxshilangani, 3 ta xalqaro reytingda ilk marotaba e’tirof etilgani ta’kidlandi. Respublikamiz uchun ustuvor bo‘lgan reytinglarni o‘zida mujassam etgan “O‘zbekiston xalqaro reytinglarda” Yagona portali ishga tushirilgan alohida aytildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2020-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining jami 227 banddan 207 tasi, ya’ni 91 foizi bajarilgan. Shundan, 13 ta band qisman bajarilib, 4 tasi bajarilmagan, 3 tasi esa 2021 yilga ko‘chirilgani ma’lum qilindi.

2020-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining ijrosi doirasida vazirlik va idoralar tomonidan 12 ta Qonun, 3 ta Kodeks, 14 ta Prezident farmoni va qarori, 15 ta Hukumat qarori loyihalari ishlab chiqilgan. Shundan, 3 ta Qonun, 7 ta Prezident Farmoni va qarori hamda 4 ta Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.

Moliya vazirligining 2021-yilning mart oyida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida vazirlik va idoralarning ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linmalari xodimlari uchun xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning ko‘rsatkichlarini loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlari asosida yaxshilash bo‘yicha maxsus amaliy malaka oshirish kursini tashkil etish taklifi ma’qullandi.

Yig‘ilish yakunida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikamiz o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid amaliy va tashkiliy chora-tadbirlar rejalari ko‘rib chiqildi va biriktirilgan mas’ul vazirlik va idoralarga 2021-yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 500 banddan ortiq chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi.

Jumladan, yuqoridagi chora-tadbirlarda 6 ta Qonun loyihasi, 2 ta Prezident Qarori loyihasi, 7 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 8 ta normativ hujjat loyihasi, 2 ta Strategiya loyihasi, 1 ta Konsepsiya, 2 ta dastur loyihasi, 2 ta chora-tadbirlar loyihalari qabul qilish rejalashtirilgan.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 23 Fevral 2021 12:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -72 foydalanuvchi
2 - ball -24 foydalanuvchi
3 - ball -33 foydalanuvchi
4 - ball -29 foydalanuvchi
5 - ball -488 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi