Diana Gardanova
22
Fev 2021
335 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga kiritilish masalasini muhokama qilishga bag‘ishlangan videokonferensiya

Concrete

Joriy yilning 18 fevral kuni Jahon iqtisodiy forumi vakillarining Moliya vazirining o‘rinbosari – Odilbek Isakov bilan O‘zbekiston Respublikasining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga kiritilish masalasini muhokama qilishga bag‘ishlangan videokonferensiyasi tashkil etildi.

Videokonferensiya davomida Moliya vazirligi vakillari tomonidan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning joriy holati va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi rejalar bilan tanishtirildi.

Shu bilan birga, Forum vakillari O‘zbekiston Respublikasini mazkur indeksda e'tirof yuzasidan ishlarni amalga oshirayotganligini va avval ta'kidlanganidek, ushbu jarayon 2 yil muddatni talab etishini ma'lum qildilar. 

Hozirda Forumning mutaxassislari “Global raqobatbardoshlik indeksi” metodologiyasiga o‘zgartirish kiritmoqda. Bunda indeksning indikatorlari o‘zgartirilishi va asosiy e'tibor mamlakatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish va tenglik bo‘yicha qonunchiligi o‘rganilishi mumkin.

Shuningdek, 2021-yil yanvar oyida Forumning yillik yig‘ilishlarini 50 yilligi arafasida yangi “Global ijtimoiy mobillik indeksi”ni e'lon qilinganligi bo‘yicha ma'lumot tariqasida xabar berildi. 

Mazkur indeks insonning ijtimoiy-iqtisodiy va ota-onasining kelib chiqishi va qaerda yashashidan qat'iy nazar, jamiyatdagi har bir inson o‘z salohiyatidan foydalana olishi uchun adolatli imkoniyatga ega bo‘lish darajasini belgilaydigan siyosat va tashkilotlarni baholaydi.

 Shuningdek, alohida ta'kidlash joizki, so‘nggi 2 yil davomida Forum vakillari bilan olib borilayotgan tizimli muloqotlar davomida, tashkilot tomonidan 2020-yil boshlangan “Evroosiyo mamlakatlari uchun yangi qarashlar” yangi strategik tashabbusi – hududiy muzokaralar va hamkorlik uchun platformasining navbatdagi yig‘ilishida Moliya vazirligining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

  

 Moliya vazirligi

 Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 22 Fevral 2021 12:34

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -72 foydalanuvchi
2 - ball -24 foydalanuvchi
3 - ball -33 foydalanuvchi
4 - ball -29 foydalanuvchi
5 - ball -488 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi