Diana Gardanova
16
Fev 2021
1114 marta ko'rildi

Alisher Navoiy tavalludining 580, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan nazm va navo kechasi

Concrete

12- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparati xodimlari hamda videoaloqa asosida hududiy moliya organlari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda moliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilshod Bo‘riyev, adabiyotshunos olim Suvon Meli so‘zga chiqib, ikki buyuk ajdodimizning o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi, ular qoldirgan boy ma’naviy meros xususidagi fikrlarini bildirishdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov va “Shuhrat” medali sohibasi aktrisa Dilnoza Kubayeva tomonidan “Navoiy” spektaklidan parcha ijro etishdi.

Nazm va navo kechasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi sozandalari tomonidan milliy kuylar, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarovning Navoiy va Bobur g‘azallar asosida tayyorlagan qo‘shiqlari yangradi.     

 

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 16 Fevral 2021 12:08

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -666 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi