Diana Gardanova
22
Yan 2021
563 marta ko'rildi

Moliya vazirligi xalqaro investorlar bilan global videokonferensiya o‘tkazdi

Concrete

Concrete

Joriy yilning 20 yanvar' kuni Moliya vazirligi tomonidan “Raiffeisen Bank International” bilan hamkorlikda 30ga yaqin xalqaro investorlar ishtirokida global videokonferensiya tashkil etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari O.Isakov hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankining mas'ul hodimlari ishtirokidagi konferensiyada xalqaro investorlar mamlakat iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichlari, kutilayotgan iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli omillari, fiskal siyosat va davlat qarzi, monetar siyosat instrumentlari va ularning inflyasiyaga ta'siri yuzasidan ma'lumotlar bilan tanishtirildi.

 

Concrete

Xususan, koronavirus pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiyotida vujudga kelgan vaziyat va qator davlatlarda iqtisodiy o‘sishning salbiy sur'atlari kuzatilayotgan vaziyatda, O‘zbekistonda dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1,6% darajasidagi iqtisodiy o‘sishga erishilgani investorlar tomonidan ijobiy e'tirof etildi.

 Shuningdek, milliy valyutada joylashtirilgan xalqaro obligasiyalardan tushgan mablag‘larning O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha bir qator loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi, loyihalarni amalga oshirish jarayoni xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda monitoring qilib borilishi va kelajakda mazkur amaliyotni boshqa investision loyihalarga keng joriy qilinishi rejalashtirilgani investorlar tomonidan yuqori baholandi.

Concrete

Telekonferensiya davomida, mamlakatda olib borilayotgan xususiylashtirish, tarkibiy va institusional islohotlar dasturini davom ettirilishi, 2021 yilgi moliyaviy rejalar va monetar siyosat bo‘yicha asosiy rejalar va maqsadli ko‘rsatkichlar yuzasidan xalqaro investorlar savollariga javob berildi. 

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Juma, 22 Yanvar 2021 14:39

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -78 foydalanuvchi
2 - ball -26 foydalanuvchi
3 - ball -34 foydalanuvchi
4 - ball -36 foydalanuvchi
5 - ball -517 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi