Jahongir
16
Yan 2021
460 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 

2021-yilning 15-yanvar kuni Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga va uni yanada kengroq targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Murojaatnomada Moliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ish rejasi xususida ma‘lumot berildi.

Videokonferens aloqa tarzida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari, tarkibiy tuzulmalar hamda hududiy moliya organlarining masʼul vakillari ishtirok etishdi.

         Tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan Oybek Ochilov va kafedra mudirlarining Murojaatnomada ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar xususidagi ma‘ruzalari tinglandi.

Olib borilayotgan islohotlar xalqning kundalik hayotida o‘z ifodasini topishi, kutgan natijalarga erishish ko‘p jihatdan davlat boshqaruvidagi samaradorlikka bevosita bog‘liqligi ta‘kidlab o‘tildi. Shu maqsadda kelgusi yilda davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish, korruptsiyaga qarshi kurashish, aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish vas shu kabi boshqa vazifalarga atroflicha to‘xtalib o’tildi.

Uchrashuv davomida Moliya vazirligi tizimidagi davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar, davlat-xususiy sherikchiligi asosida amalga oshirilayotgan dasturlar sonini yanada oshirish, O’zbekistonning xalqaro moliyaviy bozordagi o‘rnini yanada mustahkamlashga bag’ishlangan mavzular muhokamasi o‘z aksini topdi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining yoshlar forumida so‘zlagan nutqlaridan kelib chiqib va 2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili doirasida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar xususida fikr-muloxozalar bildirildi. Shu jumladan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, chet elning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishiga va malaka oshirishiga ko‘maklashish, yoshlarning tadbirkorlik doirasidagi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish kabi muhim vazifalar kun tartibidan joy oldi.

Uchrasuv so‘ngida ishtirokchilar davlatimizda olib borilayotgan islohotlar va kelgusi yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar, oldimizga qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar yuzasida keng qamrovli va yanada chuqur ma‘lumotga ega bo’ldilar.

         Moliya vazirligi huzuridagi tashkilotlar va hududiy moliya organlarida Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etadi.

 

Moliya vazirligi

Аxborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 16 Yanvar 2021 16:56

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.