Diana Gardanova
14
Yan 2021
69 marta ko'rildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Olis hududlarga budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to'grisida"gi qaroriga sharh

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga ishga boradigan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. 

Davlat budjeti tashkilotlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ko‘tarish orqali ushbu hududlarda aholi turmush sifatini oshirish maqsadida qarorda olis hudud sifatida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan hududlarga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma'lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 mln. so‘m) miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensasiyasi to‘lab berilishi nazarda tutilgan. 

Shuningdek, qarorda olis hududlarga tibbiyot xodimlarini jalb etishga alohida e'tibor qaratilgan. Unga ko‘ra tibbiy oliy ta'lim tashkilotini oxirgi 3 yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi tibbiyot xodimi olis hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari  va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 mln.so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensasiyasi beriladi.  

Shu bilan birga, 2021-yil 1-martdan boshlab ta'lim sifati past maktablarlarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarga:

bir ma'muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

boshqa ma'muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida maxsus ustamalar joriy qilinadi.

Ta'kidlash joizki, mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensasiyasini soliq to‘lovchining jami daromadiga kiritilmasligi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob'ekti hisoblanmasligi bo‘yicha alohida norma kiritilgan. Bu esa, joriy etilayotgan moliyaviy rag‘batlantirishlar olis hududlarga jalb etiladigan mutaxassislarning shaxsiy jamg‘armalariga to‘liq o‘tkazilishini anglatadi.

 Mazkur qaror qonun hujjatlariga muvofiq kafolatlangan davlat ijtimoiy xizmatlarini mamlakat miqyosida keng qamrovli tadbiq etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi. Olis xududlardagi byudjet tashkilotlariga yosh va malakalai kadrlarni jalb qilish orqali aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va ularning turmush darajasi oshishiga xizmat qiladi. 

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 14 Yanvar 2021 09:53

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -67 foydalanuvchi
2 - ball -20 foydalanuvchi
3 - ball -32 foydalanuvchi
4 - ball -28 foydalanuvchi
5 - ball -438 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi