Diana Gardanova
13
Yan 2021
1772 marta ko'rildi

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020-yilda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma'lumot

Concrete

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020-yilda budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan 4 729 ta (2019-yilda 8 074 ta) nazorat tadbirlarida
246 mlrd.so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 mlrd.so‘mni budjetga tiklanishi ta'minlandi.

Concrete

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta'limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (29,8 mlrd.so‘m) nisbatan 3,2 martaga oshgan.     

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (13,8 mlrd.so‘m) nisbatan 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (8,3 mlrd.so‘m) nisbatan 2 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilga (1,1 mlrd.so‘m) nisbatan 8,5 martaga oshgan.

Shuningdek, Madaniyat (6,8 mlrd.so‘m), Suv xo‘jaligi (5,6 mlrd.so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta'limi (5 mlrd.so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (4,1 mlrd.so‘m), Qishloq xo‘jaligi (3,1 mlrd.so‘m) vazirliklari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

“O‘zbekkino” milliy agentligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 mlrd.so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,5 mlrd.so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (7,8 mlrd.so‘m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (8,4 mlrd.so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Hisobot davrida vazirlik va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:

Concrete

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 175,3 mlrd.so‘m miqdorida, jumladan Qashqadaryo (26,1 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd.so‘m), Surxondaryo (16,5 mlrd.so‘m), Farg‘ona (14,4 mlrd.so‘m), Toshkent (13,2 mlrd.so‘m), Jizzax (13 mlrd.so‘m), Samarqand (13 mlrd.so‘m), Sirdaryo (12,9 mlrd.so‘m), Namangan (12 mlrd.so‘m), Xorazm (6 mlrd.so‘m), Buxoro (3,6 mlrd.so‘m), Navoiy (2,4 mlrd.so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1 mlrd.so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Concrete

Mahalliy budjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:  Shuni ta'kidlash joizki, 2020-yilda budjet muassasalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 54,5 mlrd.so‘m miqdorida naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish (bankdan olingan naqd pulni tashkilot g‘aznasiga kirim qilinmasligi, ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblanib, to‘lanishi va boshqalar) holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu qonun buzilishi holatlari o‘tgan yil (2019-yilda – 7,2 mlrd.so‘m)ga nisbatan 7,5 martaga ko‘paygan.

Concrete

Budjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 48 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga o‘rnatilgan tartibda jarimalar qo‘llanildi.

Shuningdek, 3 033 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 239,5 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.  

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 
 
Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 13 Yanvar 2021 11:27

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -666 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi