Diana Gardanova
12
Yan 2021
321 marta ko'rildi

Internet tarmog‘ida O‘zbekistonning Yagona sug‘urta portalini tashkil etilganligi hamda E-polisning joriy qilinishi bo‘yicha tashkiliy ishlar yuzasidan seminar

Concrete

Joriy yilning 11-yanvar kuni Moliya vazirligida Sug‘urta agentligi, sug‘urta kompaniyalar, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi, Toshkent shahar yo‘l xarakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi, hamda sug‘urta ishi bo‘yicha o‘quv kurslarni tashkil etishda hamkorlikka jalb etilayotgan Toshkent moliya instituti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini jadal rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasining, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 780-sonli hamda 2019-yil 19-martdagi 222-sonli qarorlarini bajarilishi yuzasidan tashkillashtirildi.

Concrete

Seminar boshida Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori Kamoliddin Talipov kirish so‘zi bilan so‘zga chiqdi.

Sug‘urta bozorini yanada rivojlantirishda joriy qilinayotgan axborot texnologiyalarini sug‘urta sohasiga keng tadbiq etish mohiyatlari bilan ishtirokchilarni O‘zbekiston Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari assosiasiyasi direktori Oybek Xalilov tanishtirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-sonli qaroriga asosan internet tarmog‘ida www.insuranceportal.uz manzilida O‘zbekistonning yagona sug‘urta portali tashkil etilganligi va hozirgi kunda sug‘urta bozorining barcha professional ishtirokchilari tomonidan iste'molchilar uchun kerakli ma'lumotlarni kiritish lozimligi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Concrete

Bundan tashqari, tadbir davomida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 780-sonli karori ijrosi yuzasidan quyidagilar muxokama qilindi: 

- E-polisni sotish va rasmiylashtirishda Yagona axborot tizimi va sug‘urta kompaniyalarning internet resurslari bilan axborot almashish tartibi;

- Transport vositalari egalarining fuqarlik javobgarligini majburiy sug‘urta (TVEFJMS), boshqa majburiy va ihtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha E-polislarni sotish va rasmiylashtirish uchun tegishli axborot resurslarni yaratish muddatlarni aniqlashtirish;

- E-polislarni sotishda elektron raqamli imzo va shaxsiy kabinet ishtirok etishi; 

- E-polislarning yagona shakli (mobil va to‘liq versiyasini vizual shakli); 

 - TVEFJMS bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi yuridik shaxslar uchun sug‘urta shartnomani sug‘urta kompaniyaning rasmiy veb saytida ommaviy oferta shaklida joylashtirish; 

 - Portalda E-polis sotish, rasmiylashtirish va xaqiqiyligini tekshirish tartibi; 

 - Maxsus vakolatli organlar tomonidan E-polis xaqiqiyligini tekshirish tartibi.

Concrete

Shuningdek, To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi direktori L.Zokirov Yagona axborot tizimini to‘liq shakllantirishda o‘tgan davr uchun TVEFJMS bo‘yicha shartnomalarni Yagona axborot tizimiga o‘z vaqtida kiritish muhimligi to‘g‘risida so‘zladilar.

Tadbir E-polis tizimini boshqa majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlariga tatbiq etish yuzasidan o‘zaro fikr va mulohazalar almashinuvi va savol-javob sessiyasi bilan yakunlandi. 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Yanvar 2021 14:08

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -67 foydalanuvchi
2 - ball -20 foydalanuvchi
3 - ball -32 foydalanuvchi
4 - ball -28 foydalanuvchi
5 - ball -448 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi