Diana Gardanova
12
Yan 2021
122 marta ko'rildi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2020-yilda amalga oshirilgan va amalga oshirilishi

Concrete

Joriy yilning 6-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2020-yilda amalga oshirilgan hamda joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2020-yil Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha to‘xtalib o‘tilib, ushbu masala bo‘yicha soha mutaxassislarining hisobotlari tinglandi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqqa qilgan murojaatnomalarida aytilgan, shuningdek Yoshlar forumidagi nutqlaridan kelib chiqib Moliya vazirligi tomonidan joriy yildagi quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi: 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqqa qilgan murojaatnomalarida hamda Yoshlar forumida so‘zlagan nutqlarida belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish. Buning uchun dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra davlat byudjetidan 19,3 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 3 trln.so‘m, Halqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari hisobidan 15,7 trln.so‘m va boshqa manbalar hisobidan 2,5 trln.so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi prognoz qilinmoqda.

Joriy yilgi Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foiz taqchillik bilan tasdiqlanganligini inobatga olgan holda, murojaatnomada belgilangan tadbirlarga qo‘shimcha mablag‘ ajratish uchun daromadlar prognozini oshirib bajarish va xarajatlarni samarali ishlatish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish topshirildi.

Shu bilan birga, Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va davlat qarzini keskin o‘sishini oldini olish maqsadida 2021-yilda budjet defisitini yalpi ichki mahsulotga nisbatan tasdiqlangan 5,4 foizdan oshmaslikni, 2023-yildan esa byudjet defisitini 2 foizdan oshirmaslik bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirish;

2. Moliya vazirligi tomonidan 2020-yilda yetarli darajaja hududlarga chiqqan holda ish tashkil etilmaganli, hududlarda fuqarolarning muammo va kamchiliklari, ular tomonidan bildirilayotgan takliflar bilan yetarli darajada ishlamaganligi ko‘rstib o‘tildi. 

Shu munosabat bilan, joriy yilda Moliya vazirligiga ishlarni har bir tuman va shahar kesimida tashkillashtirish, bunda har bir xududda mahalla va joylarga chiqqan holda barcha zaruriy tushuntirishlarni olib borish, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan takliflar, ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha bevosita to‘g‘risidan to‘g‘ri joylarga chiqqan holda ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 3. O‘tgan 2019-2020-yillarda jamoatchilik fikri asosida bildirilgan tadbirlarga tumanlar byudjetlari qo‘shimcha manbalarining 10 foizi yo‘naltirilishi belgilangan bo‘lsada bu borada hududiy moliya organlari tomonidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmaganligi ta'kidlab o‘tildi.

Joriy yilda tuman va shahar byudjetlari xarajatlarining 5 foizi tajriba tariqasida jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida ichimlik suvi tizimini yaxshilash, umumiy yo‘llarni rekonstruksiya qilish, maktabgacha ta'lim binolarini ta'mirlash kabi tadbirlarga yo‘naltirish mexanizmini samaradorlik va natijadorligini ta'minlagan holda hududlardagi mavjud muammolarni hal qilishga yo‘naltirilishini ta'minlash.

Bunda, 2021-yilda har bir xududda bittadan tumanda tajriba o‘tkazish taklif etildi. Tajriba uchun dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra 100 mlrd so‘m mablag‘ Respublika byudjetidan tuman byudjetlariga qo‘shimcha ravishda ajratish lozimligi ta'kidlandi.

4. 2020-yil davomida ham hududlarda byudjet xarajatlarini amalga oshirishda turli xil kamomad va kamchiliklar aniqlanayotganligi alohida ta'kidlab o‘tildi hamda joylarda byudjet mablag‘larni to‘g‘ri ishlatilishini ta'minlash hamda kadrlarni bilim malakalarini oshirish maqsadida joriy yildan boshlab byudjet tashkilotlari hisobchilarini o‘qitish bo‘yicha onlayn-o‘quv kurslar tashkil qilish vazifasi yuklatildi.

 Bundan tashqari Moliya vazirligiga quyidagi topshiriqlar berildi:

Bir milliard so‘mgacha davlat xaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga yetkazish bo‘yicha tizim joriy etish yuzasidan bir oy muddatda normativ-huquqiy xujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Davlat budjeti barqarorligini ta'minlash maqsadida joriy yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda boshqa xalqaro moliya institutlari bilan xamkorlikda:

makroiqtisodiy risklarni baholashni takomillashtirish;

fiskal xatarlarni yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib byudjet qoidalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Budjet ma'lumotlarini ochiqligini ta'minlash maqsadida joriy yilda quyidagi ishlarni amalga oshirish:

- 2021-yil 1-aprelga qadar Davlat idoralari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining daromad va xarajatlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan tashkilotlar xaridlari, davlat subsidiya va grantlariga oid ma'lumotlarni e'lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yish;
- 2021 yilning ikkinchi yarim yilligida Davlat xaridlari sohasida barcha ma'lumotlarning ochiqligini ta'minlovchi davlat xaridlari bo‘yicha markaziy axborot portalini yaratish asosida jamoatchilik va parlament nazorati kuchaytirish;

Mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari izlab topish maqsadida moliya organlari yetarlicha ishlar tashkil etilmaganligi 2021-yildan boshlab qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish;

Birinchi martdan boshlab ichki turizmni rivojlashtirin maqsadida mahalliy aviareyslarda aviachipta narxlarini 30 foizini budjet mablag‘lari hisobidan qoplash berish; 

Davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarni transformasiya qilish bo‘yicha amlga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni tezlashtirish, Davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonaar tomonidan jalb qilingan ichki va tashqi qarz mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarilishini ta'minlash kabi boshqa bir qator topshiriqlar berildi.


Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Yanvar 2021 10:21

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -67 foydalanuvchi
2 - ball -20 foydalanuvchi
3 - ball -32 foydalanuvchi
4 - ball -28 foydalanuvchi
5 - ball -448 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi