Diana Gardanova
11
Dek 2020
1607 marta ko'rildi

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Andijon shahar Xalq ta'limi bo‘limida 33,8 mlrd.so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Concrete

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan kameral nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Departament tomonidan 2020-yilning noyabr oyida budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ish haqi to‘lovlari bo‘yicha shubhali xarajatlar amalga oshirilganligi aniqlangan.

Ushbu aniqlangan shubhali xarajatlar yuzasidan Xalq ta’limi bo‘limining 2018-yil 1-noyabrdan 2020-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan davri birlamchi hujjatlar asosida taftishdan o‘tkazilganda, xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan 33,8 mlrd.so‘m naqd pullar Xalq ta'limi bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.

Ushbu o‘zlashtirilgan mablag‘lar 2018-yilda 1,0 mlrd.so‘mni, 2019-yilda 12,6 mlrd.so‘mni va 2020-yilning o‘tgan davrida 20,2 mlrd.so‘mni tashkil etgan.

O‘tkazilgan taftish yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Juma, 11 Dekabr 2020 11:23

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

VALYUTA KURSLARI INFORMATORI

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International

Ishonch telefoni reytingi

1 - ball -99 foydalanuvchi
2 - ball -33 foydalanuvchi
3 - ball -39 foydalanuvchi
4 - ball -46 foydalanuvchi
5 - ball -668 foydalanuvchi

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi..Barcha huquqlar himoyalangan.

Saytdan olingan ma'lumotlardan foydalanilganda Moliya vazirligining veb sayti www.mf.uz ko‘rsatilishi shart.

Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi  AHM tomonidan amalga oshiriladi